Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

1-avgust kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Sergeli tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Qumariq” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 456 ta yerli xonadonlar;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta.

Bektemir tumani (10:00 dan 14:00 gacha): “Oltintopgan” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 320 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta.

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “2-Charx Kamolon” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 184 ta yerli xonadon, 6 ta ko′p qavatli uylar;
  • Ulgurji iste’molchilar soni 7 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.