O‘zbekiston hududlarida iyul oyida 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishi maʼlum qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi hududlar kesimida hisoblangan qiymatlarni eʼlon qildi.

Jumladan, reytingda eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 98 728 so‘m, eng yuqori narx esa Toshkent shahrida — 117 694 so‘mni tashkil etdi.

Andijonda esa 1 kilogramm palov tayyorlash narxi 105 ming 600 so‘mni tashkil etsa, Buxoroda bu ko‘rsatkich 108 ming 500 so‘mga teng. Bundan tashqari, Jizzaxda — 110 ming 200 so‘m, Qashqadaryoda — 111 ming 700 so‘m, Navoiyda — 110 ming so‘m, Namanganda esa 109 ming 100 so‘m atrofida bo‘lmoqda.

Shuningdek:

  • Samarqand — 113 470 so‘m;
  • Surxondaryo — 111 276 so‘m;
  • Sirdaryo — 105 751 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 113 678 so‘m;
  • Farg‘ona — 115 034 so‘m;
  • Xorazm — 106 585 so‘m.

Narxlarni hisoblashda 1 kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar belgilangan. Masalan, 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi va guruch, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira, 20 gramm osh tuzi.

Statistika qo‘mitasi mazkur raqamlar hududlarda sotilayotgan 1 kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.


Avvalroq Spot O‘zbekistonda sabzi narxi uch baravar qimmatlashgani haqida yozgandi.

Sabzining o‘rtacha ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 11 ming so‘m bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan ancha yuqoriroq narxlarda sotilmoqda.