O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati hozirda o‘nlab davlatlar bilan fuqarolarning xorijga chiqishini osonlashtirish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, TIV ushbu yo‘nalishdagi “sa'y-harakatlarini izchil davom ettirib, O‘zbekiston fuqarolariga xalqaro maydonda kengroq imkoniyatlar yaratadi”.

Vazirlik bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari 40 ga yaqin davlatga vizasiz, yana 42 ta mamlakatga esa soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatiga ega ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, TIV matbuot xizmati o‘zbekistonliklar vizasiz kirish imkoniyatiga ega davlatlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Bu ro‘yxatda quyidagi 34 ta mamlakat bor:

  • Antigua va Barbuda;
  • Armaniston;
  • Barbados;
  • Belarus;
  • BAA;
  • Dominika;
  • Eron;
  • Falastin;
  • Filippin;
  • Gaiti;
  • Gambiya;
  • Gruziya;
  • Grenada;
  • Keniya;
  • Kot-d'Ivuar;
  • Malayziya;
  • Mikroneziya;
  • Mo‘g‘uliston;
  • Moldova;
  • Namibiya;
  • Ozarbayjon;
  • Qirg‘iziston;
  • Qozog‘iston;
  • Rossiya;
  • Sent-Vinsent va Grenadin orollari;
  • Seyshel orollari;
  • Shri-Lanka;
  • Surinam;
  • Tailand;
  • Tojikiston;
  • Turkiya;
  • Ukraina;
  • Xitoy;
  • O‘mon.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari 29 ta davlatga kirib kelganda viza olishlari mumkin (Visa on arrival). Ushbu mamlakatlar:

  • Boliviya;
  • Burundi;
  • Gvineya-Bisau;
  • Indoneziya;
  • Iordaniya;
  • Kabo-Verde;
  • Kambodja;
  • Komor orollari;
  • Laos;
  • Livan;
  • Madagaskar;
  • Makao;
  • Maldiv orollari;
  • Mavrikiy;
  • Mavritaniya;
  • Mozambik;
  • Nepal;
  • Nikaragua;
  • Palau;
  • Qatar;
  • Ruanda;
  • Samoa;
  • Saudiya Arabistoni;
  • Serra-Leone;
  • Togo;
  • Tuvalu;
  • Yamayka;
  • Zimbabve;
  • Sharqiy Timor.

Shu bilan birga, fuqarolar quyidagi 13 ta davlatga kirish uchun elektron viza (e-visa) olishlari mumkin:

  • Efiopiya;
  • Ekvatorial Gvineya;
  • Gabon;
  • Gvineya;
  • Hindiston;
  • Janubiy Sudan;
  • Jibuti;
  • Kongo Demokratik Respublikasi;
  • Lesoto;
  • Malavi;
  • Nigeriya;
  • Uganda;
  • Vetnam.

Tashqi ishlar vazirligi 2023−2025-yillarda Xitoy, BAA, Tailand, O‘mon, Eron kabi 10 ga yaqin davlat bilan vizasiz rejim joriy etilganini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Vetnam kabi bir qator mamlakatlar O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini yengillashtirgan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasi olish talablari yengillashtirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilish rejalashtirilgan.