Angren shahrida yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Xitoyning Holley Technology kompaniyasi o‘rtasida amalga oshirilgan.

Mazkur loyiha asosida 6−10 kVli tarqatish tarmoqlari uchun 25−3150 kVA quvvatli transformatorlar va 35 kV tarqatish tarmoqlari uchun 100−2500 kVA quvvat transformatorlari ishlab chiqariladi.

Qayd etilishicha, loyiha ishga korxona ishga tushirilishi natijasida 150 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratildi.

2023-yilda Misr kompaniyasi O‘zbekistonda transformator ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Kompaniya prezidenti Markaziy Osiyo bozoriga kirish asosiy maqsadlardan biri ekanini, O‘zbekiston esa yo‘nalish sifatida qaralayotganini ma’lum qildi.


Avvalroq Spot China Energy Toshkentda 100 MVt quvvatga ega akkumulyator tizimini qurishi haqida yozgandi.

Shuningdek, kompaniya Buxoro viloyatida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi loyihasi bilan shug‘ullanadi.