Xitoy gumanoid roboti universitetga o‘qishga kirdi. Robotning ismi Syueba 01 bo‘lib, xitoycha jargondan tarjima qilinganda “chuqur bilimga ega a’lochi” degan ma’noni anglatadi.

South China Morning Post nashri “talaba"ni silikon terili chiroyli katta yoshli erkak deb ta’rifladi. U ko‘ylak va shim kiygan va xitoy tilida gaplasha oladi. Syuebning bo‘yi 175 sm, og‘irligi 30 kg atrofida.

Xitoyning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Shanxay teatr akademiyasiga (STA) Syueba 01 nomli robot qabul qilindi. U “Drama va kino” ixtisosligi bo‘yicha doktoranturada ta’lim oladi, bunda operaga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv dasturiga sahna mahorati, ssenariy yozish, ssenografiya va harakat boshqaruvi kabi fanlar kiritilgan.

Syueba 01ni o‘qitish san’at va texnologiyalarni uyg‘unlashtirish maqsadidagi STA ilmiy loyihasining bir qismidir. “Talaba"ning virtual talabalik guvohnomasi mavjud bo‘lib, uning ustozi mashhur shanxaylik rassom va professor Yan Sinsin bo‘ladi.

Akademiyani tugatgach, Xueba 01 opera sahnalashtiruvchi sun’iy intellekt rejissyori bo‘lishi yoki hatto o‘z san’at studiyasini ochishi mumkin. Biroq, STAdagi hamma ham bu istiqbolga ishonch bildirmayapti.

Tanqidchilarning savollariga robot shunday javob berdi: “Agar o‘qishni tamomlay olmasam, tizimim va ma’lumotlarim reytingda pasayishi yoki butunlay o‘chirilishi mumkin. Yan professor aytishicha, doktorlik unvonini qo‘lga kirita olmasam, meni muzeyga topshirishadi. Bu jozibali eshitiladi. Hech bo‘lmaganda san’at tarixining bir qismiga aylanaman”.

Qayd etilishicha, Syueba 01ning o‘quv mashg‘ulotlari 14-sentabrdan boshlanadi.


Avvalroq Spot Meta odamsimon robotlarni ishlab chiqarmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Kompaniya katta miqdorda sarmoya kiritishni va loyihani sun’iy intellekt hamda robototexnika sohasidagi uzoq muddatli strategiyaning bir qismiga aylantirishni rejalashtirmoqda.