Bu kun nafaqat ta’limning yakuni, balki ITPU asosidagi g‘oyalar — amaliylik, jasorat va o‘zgarishlarga tayyorlik — haqiqatan ham ishlayotganining tasdig‘i bo‘ldi.

IT Park University — O‘zbekistonda IT sohasida amaliy ta’limga yo‘naltirilgan birinchi universitet. Universitet yetakchi xalqaro IT-kompaniya EPAM tomonidan O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tantanali ochilish

Tadbirni O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatning raqamli kelajagi muhimligini ta’kidlab, bitiruvchilarga muvaffaqiyatlar tiladi va shaxsiy xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

itpu, reklama

EPAM Global Education katta direktori va rahbari Dmitriy Yarmak o‘z tilaklari bilan o‘rtoqlashdi. U o‘qishni yakunlash muhim bosqich ekanini ta’kidlab, IT Park University’ga bo‘lajak mutaxassislar tug‘iladigan maydon yaratgani uchun minnatdorlik bildirdi. Mutlaqo yangi universitetga ishongan ota-onalar va talabalarga alohida tashakkur bildirildi.

itpu, reklama

Shuningdek, marosim doirasida EPAM bosh direktori va Kuzatuvchilar kengashi raisi Arkadiy Dobkinning videomurojaati namoyish etildi. U ITPU endi shunchaki universitet emas, balki O‘zbekiston raqamli kelajagiga ta’sir ko‘rsatadigan hodisa ekanini ta’kidladi.

“Bitiruvchilarning 60 foizi allaqachon ishga joylashgan, ularning ko‘pchiligi EPAM’da”, — dedi u.

Arkadiy Dobkin bitiruvchilarni hamjamiyatning bir qismi bo‘lib qolishga, O‘zbekistonning raqamli makonini qurishda va rivojlantirishda faol bo‘lishga chaqirdi va ITPU tarixining bir bo‘lagi bo‘lganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Diplomlar topshirilishi

Diplomlar topshirish marosimi ilhomlantiruvchi nutqlar bilan davom etdi — mehmon spikerlar shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bitiruvchilarga tilaklar tiladi.

itpu, reklama

IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov bu faqat boshlanishi ekanini, bitiruvchilar oldida hali ko‘p imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

“Bu men hech qachon unutmaydigan lahza. Biz shunchaki universitet qurmadik — biz amaliyotchilar hamjamiyatini barpo etdik. Siz keldingiz, qoldingiz va chiqdingiz. Qayerga bormang — ITPU’ning bir qismini o‘zingiz bilan olib ketasiz”, — dedi Boxodir Ayupov.

itpu, reklama

EPAM Uzbekistan rahbari Renat Axtyamov yangi avlodning tez moslasha olish qobiliyatini ta’kidladi va bitiruvchilarning kuchli tomonlarini alohida qayd etdi.

Maxsus mukofotlar va e’tiroflar

Universitet hayotida, yetakchilikda va ijtimoiy faollikda faol bo‘lgan talabalar quyidagi maxsus mukofotlar bilan taqdirlandi:

  • Student Leadership & Sustainability Award — Sarvar Ilyasov;
  • Bridge Builder Award — Roman Kolesov;
  • IT Park University Spirit Award — Ziyodulla Bayxanov;
  • Campus Life Contributor Award — Ruxshona Bobojonova;
  • Social Impact through Innovation Award — Diyora Dadajanova.

itpu, reklama

Talabalar nomidan Roman Kolesov va Ziyodulla Bayxanov so‘zga chiqib, o‘qituvchilarga va kursdoshlariga minnatdorlik bildirdi.

“Men shuni istardimki, oldinga harakat qilishda davom etaylik va yana ko‘plab yutuqlarga erishaylik”, — dedi Roman.

“O‘qituvchilarga, universitet xodimlariga va yonimda bo‘lgan do‘stlarga rahmat”, — deya qo‘shimcha qildi Ziyodulla.

itpu, reklama

O‘qish davomida erishgan yutuqlari va universitet hayotiga qo‘shgan hissalari uchun 10 nafar eng yaxshi talabaga grantlar topshirildi.

Telefon: (+998) 55−520−40−00.

Sayt: itpu.uz
Instagram: @itpu_uz
Telegram-bot: t.me/ITPU_bot

Reklama huquqlari asosida.