2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 810 ming nafarga yoki 29,7% ga oshgan.
Chet elga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha taqsimlanganda, eng yuqori ulush Qirg‘izistonga to‘g‘ri kelmoqda — 1,53 mln nafar.
Undan keyingi o‘rinda esa Qozog‘iston joy olgan — 664,67 ming nafar. Tojikiston esa 631,66 ming nafar sayyoh bilan ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egalladi.
Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
- Rossiya — 230 412 nafar;
- Saudiya Arabistoni — 145 294 nafar;
- Turkiya — 102 000 nafar;
- BAA — 72 729 nafar;
- Misr — 30 959 nafar;
- Tailand — 16 671 nafar;
- Vetnam — 16 179 nafar;
- Boshqa davlatlar — 102 622 nafar.
Maʼlumot uchun, 2025-yilning besh oyida 4,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Avvalroq Spot turistik klaster maqomini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Turistik klaster maqomini olish uchun majmuada kamida 40 kishiga mo‘ljallangan joylashtirish vositalari, hunarmandchilik buyumlarini sotish nuqtasi bo‘lishi kerak.