Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi bir qator mahalliy qozonxonalarda 2025-yil avgust oyi davomida rejalashtirilgan ta‘mirlash va profilaktika ishlari olib boriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur ishlar issiqlik manbalarining yozgi reja asosidagi to‘xtatilishi doirasida amalga oshiriladi.
Tadbirlar doirasida uskunalarni ta‘mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan qismlarni almashtirish hamda nasos uskunalarining ishlashini tekshirish rejalashtirilgan.
Quyidagi manzillarda issiq suv ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Navoiy 39 qozonxonasi (39-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, Olmazor MFY) — 4−5-avgust kunlari;
- Navoiy 37 qozonxonasi (37-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, Olmazor MFY) — 6−7-avgust kunlari;
- Navoiy 33 qozonxonasi (33-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, O‘qchi MFY) — 11−12-avgust kunlari;
- Navoiy 29 qozonxonasi (29-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, O‘qchi MFY) — 13−14-avgust kunlari;
- Navoiy 27 qozonxonasi (27-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, O‘qchi MFY) — 18−19-avgust kunlari;
- Ko‘kcha 1a qozonxonasi (1−12, 60a-sonli turar joylar, Ziyo Said ko‘chasi, Ko‘kcha MFY) — 20−21-avgust kunlari;
- Zafarobod 12 qozonxonasi (1a, 2a, 2, 8, 9, 10-sonli turar joylar, 456-sonli bolalar bog‘chasi, KHY ko‘chasi, Zafarobod MFY) — 25−26-avgust kunlari;
- Ipakchi 103 qozonxonasi (102, 103, 107−110, 114−116-sonli turar joylar, 105, 106-sonli kottejlar, Istirohat ko‘chasi, Ipakchi MFY) — 27−28-avgust kunlari.
Bularning barchasi yozgi davrda tizimning barqaror ishlashini ta‘minlashga qaratilgan, deyiladi xabarda.
Avvalroq prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekistonning Suv kodeksi tasdiqlagani haqida xabar berilgandi. Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.