Telegram tarixda ilk bor shaxsiy profilga tekshiruv belgisini berdi — hozircha faqat Pavel Durovga, deya xabar barmoqda Kod Durova nashri.
Telegram foydalanuvchilarining shaxsiy hisoblari hech qachon messenjerdan rasmiy belgi olmagan. Nashrning aniqlik kiritishicha, hozir ham bu imkoniyat mavjud emas.
Bundan tashqari, Telegramning tekshiruv masalasidagi qoidalarda o‘zgarishlar kuzatilmagan.
2025-yil boshida tashkilotlardan belgilar olish imkoniyati paydo bo‘ldi — messenjer tomonidan tasdiqlangan tashkilotlar shaxsiy hisoblar va kanallarga o‘z belgilarini beradigan bo‘ldi.
Masalan, mart oyida Pavel Durov “Verifikatsiya 2.0” tizimi doirasida mashhur @major loyihasidan tasdiq belgisini oldi.
Endi Pavel Durovning hisobida Telegramdan tasdiq belgisi paydo bo‘ldi. Bu belgi profil ostidagi “Ushbu hisob Telegram vakillari tomonidan tasdiqlangan” degan yozuv bilan birga kelmoqda.
Akkauntni tasdiqlash imzosi messenjer tomonidan tasdiqlangan botlar imzosi bilan bir xil (This? is verified as official by the representatives of Telegram) va kanallar imzosi bilan deyarli o‘xshash (This? was verified by Telegram).
Avvalroq Spot Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida yozgandi.
Xususan, ommaviy postlarni qidirish, hikoyalar albomlari, hadya kolleksiyalari va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.