Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi bilan hamkorlikda Uzbekistan Green Building Forum doirasida “National Green Building Design Competition” tanlovini e’lon qilmoqda.
Tanlovga arizalar ikkita toifa bo‘yicha qabul qilinadi:
- arxitektura yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari;
- amaliyotchi mutaxassislar.
Talabalar toifasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan arxitektura bakalavriat talabalari uchun ochiq. Tajribali arxitektor toifasida esa arxitektura magistratura talabalari va faoliyat yuritayotgan arxitektorlar uchun ochiq. Ikkala toifada ham yakka tartibda va guruh bo‘lib (eng ko‘pi 3 kishi) qatnashish mumkin.
Loyihadagi yondashuvning barqarorligi, ya’ni g‘oyalarning o‘zgaruvchan iqlimga mos kelishi, texnologiyalarning energiya tejamkorligi, ekologik materiallar ishlatilganligi va “yashil” qurilishning zamonaviy usullaridan foydalanilganligi tanlovning asosiy mezonlari bo‘ladi.
Ishtirokchilar va barcha xohlovchilar IFC tomonidan tashkil etiladigan “yashil” binolarni loyihalashtirish masalalari bo‘yicha maxsus vebinarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025-yil 10-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Sovrinlar talabalar toifasi uchun $1500gacha, amaliyotchi mutaxassislar uchun $2000gacha pul mukofotini tashkil qiladi.
Texnik topshiriq bilan batafsil tanishish bu yerda va ariza topshirish esa havola orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq Spot Digital Startup Awards tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.
O‘zbekistonlik loyihalar tanlovning uchta yo‘nalishidan — eng yaxshi startap loyihasida ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.