E’tibor qarating: Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va tanishtiruv maqsadida taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlar shartlarini o‘rganib chiqdi.
Bugungi kunda mavjud 35 ta bankdan 24 tasida so‘mda omonat ochish mumkin. Aksariyat banklar yillik 20−21% oralig‘ida daromad taklif qilmoqda — bu bozor bo‘yicha joriy o‘rtacha qiymatlarga to‘g‘ri keladi.
2025-yil fevralidan boshlab foiz stavkalari pasayishiga qaramay, omonatlar hamon foydali bo‘lib qolmoqda: hattoki eng past stavkalar ham inflyatsiya darajasidan (8%) yuqori bo‘lmoqda.
Hozirda foiz stavkalari 17−23% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Eng yuqori stavkalar — 23% — Anorbank va Poytaxtbank tomonidan taklif qilinadi, ammo bunday takliflar odatda qattiq cheklovlar bilan birga keladi: hisobni to‘ldirish yoki mablag‘ni muddatidan oldin yechib olish imkoniyati bo‘lmaydi.
Ba’zi banklar qo‘shimcha mablag‘larni faqat birinchi oylarda kiritishga ruxsat beradi yoki minimal to‘ldirish chegarasini belgilaydi. Masalan, Universal Bank qo‘shimcha ravishda kamida 500 ming so‘m sarmoya kiritish imkonini beradi.
Shu bilan birga, stavkalarning pasayishi fonida tobora ko‘proq banklar o‘rtacha daromadli (20−21%) va yanada moslashuvchan shartlarni taklif qilmoqda: hisobni to‘ldirish, ba’zan esa mablag‘larni qisman yechib olish mumkin. Bu bunday omonatlarni omonatchilarning keng doirasi uchun qulay qiladi.
Omonat ochish uchun talab qilinadigan eng kam summa 100 ming so‘mdan boshlanadi. Omonat ochishning minimal miqdori aksariyat banklarda 1 mln so‘mni tashkil etadi. Eng yuqori boshlang‘ich chegara Tenge Bankda bo‘lib, u 10 mln so‘mni tashkil etadi.
Omonat muddatidan oldin yopilganda, foiz stavkasi mablag‘ning hisobvaraqda saqlanish muddatiga qarab pasaytiriladi. Ortiqcha to‘langan foizlar omonatning asosiy summasidan chegirib qolinadi.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa (so‘mda) | Muddati (oy) | To‘ldirish | Yechib olish |
Poytaxtbank | 23% | 1 mln | 24 oy | - | - |
Anorbank | 23% | 500 ming | 24 oy | Dastlabki 12 oy | Qoldiq 500 ming so‘m |
Asia Alliance Bank | 22% | 1 mln | 24 oy | - | - |
InfinBank | 22% | 1 mln | 24 oy | Dastlabki 12 oy | Qoldiq 1 mln so‘m |
Universal bank | 22% | 500 ming | 22 oy | Minimal 500 ming so‘m | - |
Ipotekabank | 21 − 22%* | 500 ming | 24 oy | Dastlabki 3 oy | - |
20 − 22%*** | 100 ming | 24 oygacha | - | - | |
Davrbank | 21% | 100 ming | 60 oygacha | + | + |
Turonbank | 21% | 100 ming | 18 oy | + | + |
Aloqabank | 21% | 1 mln | 18 oy | - | - |
Trastbank | 21% | 500 ming | 24 oy | Dastlabnki 12 oy | Qoldiq 500 ming so‘m |
O‘zsanoatqurilishbank | 21% | 100 ming | 13 oy | - | - |
Agrobank | 21% | 500 ming | 13 oy | Minimal 500 ming so‘m | Qoldiq 500 ming so‘m |
Asakabank | 19 − 21%** | 100 ming | 24 oy | + | - |
O‘zmilliybank | 20 − 21%* | 500 ming | 6 oy | + | - |
Biznesni rivojlantirish banki | 20 − 21%* | 500 ming | 13 oy | + | + |
Mikrokreditbank | 20 − 21%* | 3 mln | 24 oygacha | + | Qoldiq 3 mln so‘m |
Kapitalbank | 20% | 100 ming | 25 oy | + | - |
20% | 10 ming | 555 kun | Dastlabki 333 kunda | - | |
Hamkorbank | 20% | 500 ming | 13 oy | + | + |
Ipak yo‘li banki | 20% | 1 mln | 24 oy | - | - |
Tenge Bank | 19% | 10 mln | 12 oy | - | - |
Xalq banki | 19% | 100 ming | 24 oy | + | - |
17 − 18%* | 1 mln | 13 oy | - | - |
* — omonatlar stavkasi ochilish variantiga qarab farq qilishi mumkin: onlayn yoki oflayn.
** — bankning mobil ilovasi orqali ochilganda +2%.
*** — omonatdan pul mablag‘larini to‘ldirish va yechib olish rad etilganda, stavkaga 2% qo‘shiladi.