Qirg‘iziston Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi chorva mollarini olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlash tashabbusi bilan chiqmoqda. Tegishli buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu hada 24.kg nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Qirg‘iziston hududidan qishloq xo‘jaligi hayvonlarini (qoramol, ot, qo‘y va echkilarni) olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etish to‘g‘risida"gi buyruq mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki bozor faoliyatini ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, u oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish, mahsulot sifatini oshirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.

Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi va mol va qo‘y go‘shti narxlari barqarorligi uchun mavjud xavflarni hisobga olgan holda, shuningdek, davlatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida respublika hududidan olti oy muddatga qishloq xo‘jaligi hayvonlarini olib chiqishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Biroq, quyidagilar bundan mustasno bo‘ladi:

  • Qirg‘iziston orqali qayta eksport, tranzit va uning hududi bo‘ylab YOII ning bir subyektidan boshqasiga o‘tkazish;
  • cheklov choralari joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxatidan resurslar, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati mahsulotlari;
  • veterinariya, chorvachilik, yaylov va ozuqa yetishtirish xizmati tomonidan Qirg‘iziston hududidan qoramol, qo‘y va echkilarni olib chiqish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan ruxsatnomalar;
  • musobaqalarda ishtirok etish uchun sport otlari;
  • prezident va/yoki ijro etuvchi hokimiyatning vakolatli organi qarorlari asosida xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga yoki alohida shaxslarga sovg‘a sifatida beriladigan otlar.

Taqiq, shuningdek, 2025-yil o‘rtalariga kelib YeOII mamlakatlarida go‘sht narxining oshishiga ta’sir ko‘rsatgan bir qator omillar bilan bog‘liq hisoblanadi.

Bu omillarga ozuqa va veterinariya dori-darmonlari narxining oshishi, joriy etilgan sanksiyalar tufayli go‘sht importi hajmining kamayishi, logistika xarajatlarining ko‘payishi, tirik chorva mollari eksporti hajmining o‘sishi va ozuqa, ayniqsa pichan narxining 30% gacha ko‘tarilishi kiradi.


Avvalroq Spot Toshkent bozorlarida arzonlashtirilgan narxlarda go‘sht sotilishi boshlangani haqida yozgandi.

Yangi savdo rastalarida mahalliy, shuningdek, Belarus, Mo‘g‘uliston hamda Hindistondan keltirilgan mahsulotlar sotilmoqda