Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
12-avgust kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Yakkasaroy, Mirobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yunus Rajabiy”, “Bog‘saroy”, “Konstitutsiya” va “X.Sulaymonov” MFYlari
- Aholi xonadonlar soni: 256 ta yerli xonadon, 34 ta ko‘p qavatli uy;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 60 ta.
Mirobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Farovon”, “Mirobod” va “Sh.Rashidov” MFYlari
- Aholi xonadonlar soni: 10 ta ko’p qavatli uylar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 15 ta.
Sergeli tumani (11:00 dan 16:00 gacha): “Oltin Vodiy” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 486 ta yerli xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni 13 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.