Sertifikatlashdan o‘tish uchun Gross jamoasi jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirdi: qo‘shimcha ichki nazorat choralarini joriy etdi, bo‘limlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni maqbullashtirdi, xodimlarni o‘qitdi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini yangiladi. Ehtimoliy xatarlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ichki auditlar, shuningdek, jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirishning zamonaviy vositalarini joriy etish tayyorgarlikning muhim qismi bo‘ldi.

Sertifikat olish nafaqat sifatning hozirgi darajasini tasdiqlash, balki keyingi rivojlanish uchun burilish nuqtasi ham bo‘ldi. Kompaniya sug‘urta mahsulotlari assortimentini kengaytirish, yangi raqamli xizmatlarni joriy etish, arizalarni ko‘rib chiqish vaqtini qisqartirish va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning shaffofligini oshirishni rejalashtirmoqda.

“ISO 9001 sertifikati Gross kompaniyasining sifat va ishonchlilikka tizimli yondashuvining e’tirof etilishidir. Biz uchun bu to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizning tasdig‘i. Biz mijozlarimiz uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolish va ularning umidlariga javob berish uchun jarayonlarni yanada takomillashtiramiz”, — deya qayd etib o‘tdi kompaniya boshqaruvi raisi Otabek Nazarov.

Gross Insurance sug‘urta bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish orqali sifat madaniyatini rivojlantirishda va eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni joriy etishda davom etadi.

Telefon: 1166.

Sayt: gross.uz
Facebook: fb.com/grossuz
Instagram: @gross.uzb
Telegram: t.me/grossuzb

Reklama huquqlari asosida.