Telegram shantaj va tovlamachilik uchun kanallarni bloklashni boshladi, deya xabar berdi messenjer asoschisi Pavel Durov.
2025-yil iyul oyida Durov kolleksion sovg‘alar, raqamlar va niklarni shantaj yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinayotgan firibgarlar haqida ogohlantirdi va tovlamachilar haqida moderatorlarga yoki shaxsan o‘ziga xabar berishni so‘ragandi.
Durovning qayd etishicha, uning 20 kun oldingi xabaridan so‘ng, foydalanuvchilar firibgarlik va tahdid haqida yuzlab xabarlar yuborishgan.
“Ushbu xabarlarga asoslanib, bu hafta biz shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish va tovlamachilik bilan shug‘ullangan ko‘plab kanallarni bloklayapmiz”, — deb yozgan u.
Ushbu sababga ko‘ra taqiq qo‘yilishi kanal administratorlari tuhmatli postlarni e’lon qilib, so‘ngra jabrlanuvchilardan pul evaziga ularni o‘chirib tashlaganlari haqida rad etib bo‘lmaydigan dalillarga ega ekanligini anglatadi.
Ba’zilar hatto “himoya bloklari” deb nomlangan — hujumlardan qutulish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan summani ham taklif qilishgan, — deya ta’kidladi Durov.
Durov Telegram shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish yoki tahdid qilish uchun joy emas deya ta’kidlab, bunday kanallarni boshqarayotganlarga yangi klonlar yaratishga vaqtingizni sarf qilmasliklarini, baribir ular topilishini aytdi.
Avvalroq Spot Pavel Durov yana Parij sudida so‘roq qilingani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, 28-iyul kuni sudda messenjerning jinoiy faoliyatga aloqadorligi bo‘yicha ish doirasida qayta so‘roq boshlangan.