Bahodir Abdullayev O‘zbekiston metallurgiya zavodining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kuzatuv kengashi qarori bilan u aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi — bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Abdullayev Bahodir Tojimirzayevich B.A Holding kompaniyasi asoschisi va rahbari hisoblanadi. U “Mehnat shuhrati” ordeni sohibidir.

Bungacha zavod bosh direktori sifatida 2024-yilning oktabr oyidan buyon Dilshod Ahmedov faoliyat yuritib kelgan. Undan oldin, Ahmedov bir necha yil davomida O‘zmetkombinat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari — ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

O‘tgan yili yanvarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi. Dilshod Ahmedov bu lavozimda boshqa ishlar qatorida O‘zmetkombinat'ni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan.

Bahodir Abdullayev joriy yilning may oyida tashkil etilgan korporativ sport assotsiatsiyasining stol tennisi sport turi bo‘yicha boshqaruv kengashi a’zolari etib tayinlangandi.

Avvalroq E’zozxon Karimova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi. Bungacha u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida ishlayotgandi.