O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shahar va viloyatlarda yangi turar joy majmualari, zamonaviy biznes markazlari va ijaraga beriladigan xonadonlar soni hayratlanarli darajada ortib bormoqda. Ammo bu o‘sish bilan birga, xaridorlar hamda rieltorlar o‘rtasida qator muammolar ham yuzaga kelmoqda: ma’lumotlarning shaffof emasligi, ishonchsiz vositachilar, uzoq davom etadigan qidiruv jarayonlari va murakkab moliyaviy hisob-kitoblar. Aynan shu kabi muammolarni hal qilish uchun Urbo o‘zining yangi loyihasi — uzoq kutilgan innovatsion va qulay mobil ilovasini ishga tushirmoqda.
Ilova o‘zidagi zamonaviy qulayliklari va keng qoplamdagi funksiyalari bilan bor yo‘g‘i bir necha bosqich orqali orzudagi xonadonni xarid qilishni ta’minlaydi. Uning ustuvor vazifasi — foydalanuvchilarga ko‘chmas mulk bozorida ortiqcha ovoragarchiliksiz erkinroq hamda yanada qulayroq savdo qilishlarini ta’minlash.
Ko‘chmas mulk bozoridagi eng og‘riqli muammolar
Hozirgi kunda ko‘chmas mulk xarid qilish yoki ijaraga olish jarayoni ko‘pincha stressli va ko‘proq vaqt talab qiladi. Ustiga-ustak, mavjud ilovalar va saytlar orqali uy tanlash — kuch va ko‘p hollarda pul isrofidan boshqa narsa emas.
Xaridorlar esa ko‘pincha quyidagi muammolarga duch kelmoqda:
- ishonchli ma’lumotlarning tanqisligi: internetda joylashtirilgan e’lonlar ko‘pincha to‘liq ma’lumot bermaydi;
- ishonchsiz soxta rieltorlar: ba’zi vositachilar shaffof ishlamaydi, bu esa xaridorlarni aldash yoki ortiqcha xarajatlarga olib keladi;
- murakkab qidiruv: kerakli xonadon yoki yer maydonini topish uchun ko‘p saytlarni ko‘zdan kechirish va turli odamlar bilan aloqa qilish kerak bo‘ladi;
- noaniq narxlar: ipoteka shartlari yoki to‘lov summalarini hisoblash ko‘pincha tushunarsiz va qiyin;
- eskirgan e’lonlar: allaqachon xarid qilingan xonadonga bo‘lgan qiziqishlar yakunda hafsala pir bo‘lishiga olib keladi.
Urbo ushbu muammolarga innovatsion yechim taklif qiladi. Ilova foydalanuvchilarga shaffof, qulay va tezkor xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘chmas mulk bozorini yangi darajaga olib chiqadi.
Endi xonadon sotib olish, ijaraga olish yoki professional rieltor topish jarayoni bir necha klik orqali amalga oshiriladi.
Urbo ilovasidagi afzalliklari dolzarb muammolarga foydali yechimlar taqdim etadi.
Urbo nafaqat ko‘chmas mulk bozoridagi muammolarni hal qiladi, balki foydalanuvchilarga misli ko‘rilmagan qulayliklar ham taqdim etadi. Quyida ilovaning asosiy afzalliklari keltirilgan:
- Xonadonni uzoq muddat yoki kunlik ijaraga olish va berish: Urbo orqali kerakli xonadonni bir kunlik safar yoki uzoq muddatli yashash uchun ijaraga olish mumkin. Shuningdek, mulkni ijaraga berib, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati ham mavjud.
- Xonadon sotib olish: Yangi turar joy majmualaridan tortib ikkinchi bozor xonadonlarigacha — Urbo eng yaxshi takliflarni taqdim etadi.
- Keng assortimentdagi turar joy majmualari: Toshkentning markaziy tumanlaridan tortib chekka hududlargacha, Urbo yuzlab turar joy majmualarini bir joyda jamlaydi.
- Professional rieltor tanlash: Ilovada faqat ishonchli va tajribali rieltorlar ro‘yxati mavjud. O‘ziga eng mos mutaxassisni tanlash, hamkorlikning so‘nggida ularning xizmatlarini baholash mumkin.
- Ipoteka hisoblagichi: Ipoteka shartlarini tushunish va oylik to‘lovlarni hisoblash endi oson! Urbo’ning maxsus funksiyasi moliyaviy rejalarni aniq tuzishga yordam beradi.
- Maxsus filtrlash sozlamalari: Xonadon maydoni, narxi, joylashuvi, qavat soni va boshqa muhim ma’lumotlarni o‘zga moslab sozlash mumkin.
- Yer maydoni xaridi ham mavjud: Urbo nafaqat xonadonlar, balki qurilish uchun yer maydonlarini ham sotib olish imkonini beradi.
- Shaxsiy kabinet bo‘ladi: Barcha qidiruvlar, sevimli e’lonlar va aloqalar shaxsiy kabinetda saqlanadi.
- 300 dan ziyod quruvchi kompaniyalar: Urbo O‘zbekistonning eng yirik quruvchi kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi, bu esa eng yangi va sifatli loyihalarni tanlash imkonini beradi.
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat uchun chat: Ko‘chmas mulk egasi yoki rieltor bilan ilova ichidagi chat orqali bemalol muloqot qilish mumkin.
- Yangiliklar uchun bildirishnomalar: Eng yangi hamda dolzarb e’lonlar va qurilishga oid yangiliklarni birgina aynan shu ilovaning “bildirishnomalar” funksiyasidan topsa bo‘ladi.
Urbo ilovasining foydalanishda oson va zamonaviy dizayni mijozlarga qulaylik ishlab chiqqanini alohida e’tirof etish lozim.
Ilovani yuklashdan, rieltor suhbatigacha: kichik yo‘riqnoma
Urbo ilovasi foydalanuvchilar uchun maksimal darajada soddalashtirilgan. Ilovani yuklab olgach, bir necha daqiqada ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinetni ochish mumkin. Keyin maxsus filtrlar yordamida kerakli xonadon yoki yer maydonini qidiriladi. Har bir e’lon batafsil ma’lumotlar, yuqori sifatli fotosuratlar va hatto virtual tanishtiruv bilan ta’minlanadi. Agar professional yordam kerak bo‘lsa, ilova ichidagi rieltorlar ro‘yxatidan mutaxassis tanlash mumkin.
Ipoteka hisoblagichi esa xaridorlar uchun haqiqiy yangillik. Masalan, 65 million so‘mlik dastlabki to‘lov bilan ikki yillik ipoteka rejasini hisoblash va oylik to‘lovlarni aniq bilib olish mumkin. Bu funksiya moliyaviy shaffoflikni ta’minlaydi va xaridorlarga ishonch bag‘ishlaydi.
Urbo’ning ipoteka hisoblagichi moliyaviy rejalardagi muammolarni 0 holatiga, ularning amalga oshishini esa 10/10 ko‘rinishiga olib keladi.
Urbo ilovasi aynan kimlar uchun?
O‘zbekistonning ko‘chmas mulk bozori jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da, raqamli yechimlar sohasida hali ko‘p imkoniyatlar mavjud emas. Urbo aynan shu bo‘shliqni to‘ldiradi. Ilova nafaqat xaridorlar, balki mulk egalari, rieltorlar va quruvchi kompaniyalar uchun ham foydalidir. Masalan:
- Xaridorlar uchun: tezkor qidiruv, shaffof ma’lumotlar va professional yordam.
- Mulk egalari uchun: o‘z mulkini tez va xavfsiz ijaraga berish yoki sotish imkoniyati.
- Rieltorlar uchun: mijozlar bazasini kengaytirish va ishonchli platformada ishlash.
- Quruvchilar uchun: yangi loyihalarni keng auditoriyaga targ‘ib qilish.
Urbo’ning yana bir muhim afzalligi — uning kuchli tekshiruvga sodiqligi. Har bir e’lon tasdiqlanib, rieltorlar va quruvchilarning ishonchliligi tekshiriladi. Bu foydalanuvchilarga xotirjam muhitda ishlash imkonini beradi.
Urbo’da Toshkentning zamonaviy turar joy majmualarini topish mumkin.
Ilova yana qanday yechimlar bera oladi?
Urbo foydalanuvchilarning fikr-mulohazalariga katta e’tibor beradi. Ilova doimiy ravishda yangilanib, yangi funksiyalar qo‘shilmoqda. Masalan, yaqin kelajakda virtual reallik (VR) yordamida xonadonlarni 3D formatda ko‘rish funksiyasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu xaridorlarga uydan chiqmagan holda xonadonni “ko‘rib chiqish” imkonini beradi.
Urbo bilan yangi imkoniyatlar sari
Urbo — bu nafaqat ko‘chmas mulk xaridi yoki ijarasi uchun ilova, balki O‘zbekiston bozorini raqamlashtirish yo‘lidagi katta qadam. Ilova yordamida har bir inson o‘zi niyat qilgan uyini topishi, ishonchli rieltor bilan ishlashi va moliyaviy rejalarini aniq tuzishi mumkin. Agar kimki mulk egasi bo‘lsa, Urbo hamyonbop xizmatlari bilan mulkini keng auditoriyaga targ‘ib qilishga yordam beradi. Hozir Urbo’ni Google Play yoki App Store’dan yuklab olish va O‘zbekistonning yaxshi ko‘chmas mulk platformasini o‘zida kashf etish mumkin.
Urbo — O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi yangi charog‘on yulduz.
App Store: Urbo
Google Play: Urbo
Telefon: (+998) 78−113−84−33
E-mail: info@urbo.uz
Sayt: Urbo.uz
Telegram-bot: t.me/Urbouz_bot
Reklama huquqlari asosida.