Iyul oyi ko‘chmas mulk bozori uchun so‘nggi ikki yildagi eng faol oylardan biri bo‘lib, uy-joy savdosi hajmi o‘tgan oyga nisbatan 25%, yillik hisobda esa 14,2% ga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

O‘tgan oyda uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 26 mingtadan oshib, iyun oyiga nisbatan 25% ga ko‘pdir. Bu so‘nggi davrlarda kuzatilgan eng yirik oylik o‘sish ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida uy-joy bozorida faollik oshgani kuzatildi va eng sezilarli o‘sish Surxondaryo (41%), Sirdaryo (35,3%) va Qashqadaryo (33,7%) viloyatlarida qayd etildi.

Toshkent shahrida uy-joy bozori faolligi 24,6% ga o‘sdi.

itim, iyul, ko'chmas mulk bozori, tahlil, toshkent, uy-joy

Toshkentda ko‘chmas mulk bozori

Iyul oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida yillik pasayish tendensiyasi saqlangan holda, narxlarda o‘rtacha o‘sish qayd etildi.

Oy davomida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,8% ga oshdi. Yillik hisobda o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan ikkilamchi uy-joy narxlari 3,2% ga, birlamchi uy-joylar narxi esa 0,9% ga pasaygan.

Ikkilamchi uy-joylarning eng katta pasayishi Mirzo Ulug‘bek (-8,2%), Yashnobod (-4,5%) va Yunusobod (-4,2%) tumanlarida kuzatildi.

Birlamchi uy-joy narxlarida eng sezilarli pasayishi Uchtepa (-8,8%), Yunusobod (-6,7%) va Shayxontohur (-4,7%) tumanlarida qayd etildi.

Toshkentda uy-joy ijarasi

Iyul oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida barqarorlik kuzatildi. Ijara narxi barqaror saqlanib, bir kvadrat metr uchun $8ni tashkil etdi.

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha $10,3.

Yillik hisobda Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 2,8% ga pasaydi. Eng sezilarli pasayish Uchtepa, Yashnobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida qayd etildi.

itim, iyul, ko'chmas mulk bozori, tahlil, toshkent, uy-joy

Ikkilamchi uy-joy bozori

Iyul oyida O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha bozor qiymati o‘sish sur’ati tezlashdi.

Iyun oyida o‘rtacha 0,3% o‘sishdan so‘ng, iyul oyida o‘sish 1,7% ni tashkil etdi. Yillik hisobda esa narxlar 3,3% ga oshdi.

Hududlar kesimida o‘tgan yilning iyul oyidan buyon uy-joy narxlarida sezilarli o‘sishi Jizzax (15,2%), Surxondaryo (14,1%) va Xorazm (9,6%) viloyatlarida kuzatildi.

itim, iyul, ko'chmas mulk bozori, tahlil, toshkent, uy-joy