E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot birlamchi va ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun O‘zbekiston banklaridagi kredit shartlarini o‘rganib chiqdi.
Bugungi kunda avtokreditni mavjud 35 ta bankdan 23 tasidan olish mumkin. Kreditni bir yildan besh yilgacha muddatga olish mumkin, bunda foiz stavkalari 22,5% dan 33% gacha o‘zgaradi.
Ikkilamchi bozor uchun kreditlar Asia Alliance Bank, Ziraat Bank Uzbekistan, Mikrokreditbank, O‘zmilliybank, Orient Finans bank, Turonbank, Hamkorbank va Ipoteka bank tomonidan taklif etiladi.
Elektromobillar uchun kreditlar Ipotekabank, Poytaxtbank va Tenge Bank tomonidan beriladi.
Kerakli hujjatlar:
- ariza;
- pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
- ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bilan tuzilgan avtomashina oldi-sotdi shartnomasi;
- qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oy davomidagi doimiy ish joyidan olgan oylik daromadlari (soliqlar va majburiy ajratmalar summalari bilan birga).
Bank nomi | Foiz stavkasi | Boshlang‘ich to‘lov | Muddati |
Anorbank | 33% | 40% | 5 yilgacha |
Asakabank | 24,9−25,9% | 30−50% | 3 yilgacha |
25,9−25,9% | 4 yilgacha | ||
26,9−27,9% | 5 yilgacha | ||
Aloqabank | 25% | 25% | 5 yilgacha |
26% | 15% | ||
Agrobank | 24% | 25% | 4 yil |
25% | 5 yil | ||
Asia Alliance Bank* | 26−28% | 15% | 5 yil |
Biznesni rivojlantirish banki | 23−27% | 25% | 5 yilgacha |
Davrbank* | 28% | 10% | 5 yil |
Garant bank* | 25% | 25−35% | 5 yilgacha |
24% | 35%dan | ||
Hamkorbank | 23,99% | 25% | 1 yilgacha |
26% | 5 yilgacha | ||
InfinBank | 27,99% | 25% | До 5 лет |
Ipotekabank* | 29,99% | 25% | 5 yilgacha |
Mikrokreditbank | 27% | 25% | 5 yilgacha |
28% | |||
28%** | 40% | ||
Mybank | 27,9% | 20% | 3 yilgacha |
O‘zmilliybank | 25% | 40% | 5 yilgacha |
27% | 30% | ||
Orient Finans bank | 24,90% | 50% | 5 yilgacha |
25,90% | 40% | ||
26,90% | 30% | ||
27,90% | 20% | ||
Poytaxtbank | 24,9−26,9% | 50−26% | 4 yilgacha |
Trastbank* | 26% | 25% | 5yil |
25% | 30% | ||
24% | 40% | ||
Tenge Bank | 25,50% | 50% | 5 yilgacha |
26,90% | 26% | ||
Turonbank | 25% | 25% | 5 yil |
4 yilgacha** | |||
O‘zsanoatqurilishbank | 25% | 50% | 5 yilgacha |
26% | 25% | ||
Xalq banki | 27% | 30% | 5 yil |
24% | 40% | ||
Ziraat Bank Uzbekistan | 25−29% | 20% | 5 yilgacha |
24,5−28% | 30% | ||
23−27% | 40% | ||
Universal bank | 32% | 25−50% | 3 yil |
34% | 5 yil | ||
30%** | 36% | 3 yil |
*Ushbu banklar BYD, Kia, Lada, Chery, Hyundai, Jetour, Skoda va Volkswagen avtomobillari uchun alohida kreditlar taklif qiladi.
**ikkilamchi bozor uchun shartlar.