IT Park University Information Security magistratura dasturi doirasidagi ikki bepul onlayn podkastga taklif etadi. EPAM mutaxassislari bilan birga zamonaviy kiberxavfsizlikning ikki yo‘nalishi — “Raqamli kriminalistika” (Digital Forensics) va “Bulut xavfsizligi” (Cloud Security) — amaliy ko‘nikmalar, huquqiy jihatlar va maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati orqali yoritiladi.
IT Park University — O‘zbekistonda IT sohasida amaliy ta’limga yo‘naltirilgan birinchi universitet bo‘lib, EPAM va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT Park hamkorligida tashkil etilgan.
Nega bu muhim?
Kiberxavf-xatarlar tobora murakkablashmoqda, ma’lumotlar hajmi esa oshib bormoqda. Faqat texnik bilimlar yetarli emas — jarayonlar, huquqiy talablar va risklarni anglash zarur. Ma’lumotlar bilan ishlashdagi kichik xatoliklar ham biznes va foydalanuvchilar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Podkast 1 — Digital Forensics: Tools, Law & Secrets of Digital Investigations
18-avgust kuni
Raqamli dalillarni to‘plash, saqlash va tahlil qilishning to‘g‘ri usullari: chain of custody (dalillarni saqlash zanjiri) va protsessual talablar, raqamli kriminalistikaning asosiy bosqichlari, real instrumentlar hamda “Fitbit Murder” ishi orqali foydalaniladigan qurilmalarning tergovdagi roli.
Spikerlar:
- Leonid Akinin, Security Architect, EMEA Application Security Competency Lead (EPAM), IT Park University o‘qituvchisi (taxminan 15 yil kiberxavfsizlik, raqamli kriminalistika va tergovlarda tajriba);
- Sergei Zagvozdin, Security Architect II (EPAM), kiberxavfsizlikda 12 yil, EPAM’da 8 yil; bulut xavfsizligi arxitekturasi bo‘yicha ekspert, xavfsizlik bo‘yicha arxitektura yechimlari muallifi.
Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Podkast 2 — Cloud Security: Protecting the Future of Digital Transformation
21-avgust kuni
Nega bulut xavfsizligi biznes barqarorligi uchun hal qiluvchi omil, Capital One voqeasi kabi real holatlardan olinadigan saboqlar, Shared Responsibility Model (mijoz va provayder o‘rtasidagi mas’uliyat taqsimoti), Cloud Security yo‘nalishida karyera imkoniyatlari.
“AI va bulutdan hamma foydalana oladi, lekin ularni xavfsiz qo‘llash — boshqa mahorat. Biz ma’lumotlarni himoya qilish va muvofiqlikni markazda ushlab, bir vaqtning o‘zida xavfsiz va masshtablanuvchi yechimlarni qanday qurishni ko‘rsatamiz”, — deydi ITPU AI yo‘nalishi jamoasi.
Spikerlar:
- Sergei Zagvozdin, Security Architect II (EPAM), kiberxavfsizlikda 12 yil, EPAM’da 8 yil; bulut xavfsizligi arxitekturasi bo‘yicha ekspert, xavfsizlik bo‘yicha arxitektura yechimlari muallifi;
- Aliaksandr Barshcheuski, Cloud Security Engineer (EPAM), axborot xavfsizligida +19 yil, bulut xavfsizligida 7 yil tajriba.
Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Kimlar uchun?
Dasturchilar va DevOps muhandislari, Data Scientist va ML mutaxassislari, IT va Security menejerlari, magistratura hamda AI kurslari talabalari hamda maxfiy ma’lumotlar bilan ishlaydigan yoki kiberxavfsizlikka qiziqadiganlarning barchasi.
Format: Zoom’da onlayn, bepul.
Sana va vaqt: 18- 21-avgust,
Til: ingliz tili.
Har bir podkastga alohida ro‘yxatdan o‘tish kerak — Digital Forensics (18-avgust) va Cloud Security (21-avgust).
Telefon: (+998) 55−520−40−00.
Sayt: itpu.uz
Instagram: @itpu_uz
Telegram bot: t.me/ITPU_bot
Reklama huquqlari asosida.