Telegram foydalanuvchilari messenjerning “tug‘ilgan kuni” uchun sovg‘alar partiyasini uch daqiqada sotib olishdi, deya xabar berdi messenjer asoschisi Pavel Durov.

Ishlab chiquvchilar jamoasi “Durov ko‘zoynaklari,” “qarshilik kuchugi,” qumli qal’a, syorfing taxtasi va pushti flamingolarni sotuvga chiqardi. Ulardan ikkitasi faqat Telegram Premium egalari uchun cheklangan miqdorda chiqarilgan.

Bir kishiga $100 atrofidagi narxda beshtadan ko‘p bo‘lmagan kuchukcha va $600dan uchta ko‘zoynak sotib olishga ruxsat berilgan.

Durovning aytishicha, har ikkala cheklangan sovg‘a ham 15 soniyada sotib bitkazilgan. Messenjer sovg‘alarni sotishdan $11 mindan ortiq foyda olgan.

Shuningdek, Durov 1-sentabrgacha yanada qat’iy cheklovlar bilan yana 2−3 ta sovg‘a chiqarishni taklif qildi. Nashr e’lon qilingan paytda 66,4 mingdan ortiq foydalanuvchi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, 17,6 mingga yaqini esa qarshi ovoz bergan.

Telegram yaratuvchilari messenjerning avgust oyidagi yangilanishi chiqqandan so‘ng maxsus sovg‘alar ishga tushirilishini e’lon qildi. Ularni faqat cheklangan miqdordagi Premium obunachilari xarid qilishi mumkin. Sovg‘alarning aksariyati ommaviy bo‘lib qoladi, deya ishontirdi jamoa.


Avvalroq Spot Pavel Durov Telegram foydalanuvchilarini platformada tovlamachilik holatlari haqida xabar berishga chaqirgani haqida yozgandi.