ChatGPT rahbari Nik Terli ChatGPT’da reklama paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi, ammo bu haqda aniq ma’lumotga ega emas.
Terli podkast doirasida The Verge nashriga intervyu berdi. U aytishicha, kompaniya saytni ishchi holatda saqlab tura olmaganda, talabni qondirish maqsadida ChatGPT shartli bepul monetizatsiya modeliga o‘tgan.
Bundan tashqari, u to‘lovli foydalanuvchilar soni 5 mlndan oshganini ta’kidladi, bir necha oy oldin ularning soni 3 mln edi. U bepul foydalanuvchilarni kompaniya uchun “og‘ir yuk” deb hisoblamaydi.
Agar OpenAI sun’iy intellekt tizimiga reklama kiritishga qaror qilganda, kompaniya “ehtiyotkorlik va mulohaza bilan” ish tutgan bo‘lardi. Terli ChatGPT “boshqa manfaatdor tomonlarning aralashuvisiz eng maqbul javobni” berishini yana bir bor ta’kidladi.
Ishlab chiquvchining ta’kidlashicha, javoblarning xolisligi va foydaliligini saqlagan holda reklama berish usullari, shubhasiz, mavjud.
Ammo u “bu butunlay yangi yondashuv bo‘lib, uni juda ehtiyotkorlik va o‘ta sinchkovlik bilan joriy etish talab etiladi” deb qo‘shimcha qildi.
Avvalroq ChatGPT maslahatlari oqibatida AQShda erkak ruhiy kasalxonaga tushib qolgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, ChatGPT unga bromid iste’mol qilishni maslahat bergan. Oqibatda erkak paranoyya va gallyutsinatsiya tashxisi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Shuningdek, Spot ChatGPT endi o‘zi u bilan muloqotni to‘xtatishni so‘rayotgani haqida yozgandi.
Endi chat-bot foydalanuvchiga suhbat “cho‘zilganini” va tanaffus qilish vaqti kelganini eslatadi. Suhbat juda uzoq davom etsa yoki boshqa joyga burilib ketsa, chat-bot pauza so‘rashi mumkin.
Shuningdek, u nozik mavzular va hissiy holatlarda ishlashdan voz kechib, foydalanuvchiga “yaxshi” va “yomon” tomonlarni tahlil qilishni yoki mutaxassisga murojaat qilishni maslahat beradi.
Bundan tashqari, OpenAI ChatGPT’ni foydalanuvchidagi stress va depressiya alomatlarini aniqlashga moslashtirgani haqida ma’lum qilmoqda.