Biznes dunyosida “dam olish kunlari” yoki “ishdan tashqari soatlar” degan tushunchalar yo‘q. Chirchiqdagi do‘kon yakshanba kuni buyurtma qabul qilayotganda yoki Samarqanddagi tadbirkor yarim kechasi yetkazib beruvchiga to‘lov jo‘natayotganda, bank doimo qo‘l ostida bo‘lishi muhim.
TBC Bank’ning TBC Business onlayn bank xizmati aynan biznesning to‘xtovsiz — istalgan vaqtda va istalgan joyda ishlashi va rivojlanishiga yordam berish uchun yaratilgan. Bu xizmatdan allaqachon minglab tadbirkorlar foydalanmoqda: loyiha ishga tushirilgandan buyon 3000 dan ortiq hisob ochilgan.
Har doim ishlaydi
Pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisobdan ko‘chirmalar — hammasini kechayu-kunduz, hattoki dam olish va bayram kunlarida ham amalga oshirsa bo‘ladi. Hamda filialga borib vaqt yo‘qotish shart emas — buning uchun qulay platforma mavjud. Undan kompyuterda ham, telefonda ham foydalanish mumkin. Ortiqcha qog‘ozbozliksiz. Shakllar sodda, jarayonlar tushunarli.
Turli miqyosdagi bizneslar uchun
TBC Business yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham, turli ko‘lamdagi kompaniyalarga ham birdek qulay. Biznes uchun zarur bo‘lgan hamma narsa — 3 daqiqada hisob ochishdan tortib garovsiz kredit rasmiylashtirishgacha, onlayn tarzda mavjud.
Kredit summasi 10 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha, yillik stavka — 33% dan 38% gacha, muddati — 36 oygacha. Bularning barchasi navbatsiz, ortiqcha qog‘ozbozliksiz va tadbirkor ish ritmiga mos tezlikda amalga oshiriladi. Bu esa yangi loyihalarni boshlash, biznesni kengaytirish va aylanma mablag‘ni to‘ldirishga yordam beradigan ishonchli qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
TBC Business’ga qo‘shilib, moliyalarni istalgan vaqt va joyda uzluksiz boshqaish mumkin. Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.