Avvalroq prezident qarori bilan kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda sun’iy intellektli kuzatuv kameralari o‘rnatilishi haqida xabar berilgandi.
Ushbu qaror bilan “Kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda „namunali xavfsiz ko‘cha“ va „namunali xavfsiz uy“ tashkil etish” bo‘yicha namunaviy talablar tasdiqlandi.
Bu bo‘yicha infratuzilmaviy talablar quyidagicha:
- tungi vaqtda ko‘chaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi to‘liq yoritilishi;
- berk ko‘chalar, ichki yo‘laklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan qorong‘u hududlarning qisman yoritilishi;
- transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;
- ko‘chalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;
- qarovsiz yerto‘la, chordoq va chiqindixonalar mavjud bo‘lmasligi.
Og‘ir mahallalarda namunali xavfsiz ko‘cha va uylar tashkil qilish bo‘yicha aniq vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan “yo‘l xaritalar"ga manzilli kiritiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘cha va uylarning boshlanish hamda tugash nuqtalariga ushbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stikerlar o‘rnatiladi.
Spot, avvalroq, mahallalarda yer, mol-mulk va suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqilishi haqida yozgandi. Prezident mazkur soliqlar mahalliy budjetda qoldirilayotganiga qaramay, ularni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70−80% vaqti ketishini qayd etdi