Turkmaniston-Xorazm-Qoraqalpog‘iston-Qozog‘iston yo‘nalishidagi turistik yo‘lak-halqa ishlab chiqildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘nalishda sayyohlar bir qator turizm turlari, jumladan, gastronomik turizm, ekoturizm, etnoturizm hamda ziyorat turizmi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yo‘nalish doirasida YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hamda milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega 15 dan ortiq obyekt qamrab olingan. Jumladan:

  • Turkmanistonda — Qadimgi Marv shahri, Darvoza gaz krateri, Ko‘xna Urganch;
  • Xorazmda — Ichan qal‘a, Dushan qal‘a;.
  • Qoraqalpog‘istonda — Savitskiy muzeyi, Qizil qal‘a, Chilpiq qal‘asi, Sulton Uvays Bobo ziyoratgohi, Tuproq qal‘a, Ayoz qal‘a;
  • Qozog‘istonda — Torish vodiysi, Bo‘zjira vodiysi, Shaqpaq Ota maqbarasi, Sherqal‘a tog‘i.

qoraqalpog‘iston, turizm, turizm halqasi, turizm qo‘mitasi, xorazm

“Bu turistik halqa nafaqat sayohat ixlosmandlari, balki madaniyat, tarix, san‘at va tabiatni sevuvchilar uchun ham chinakam kashfiyot bo‘lishi mumkin”, deyiladi vazirlik xabarida.

Sayyohlar va turistik tashkilotlarga mazkur yo‘nalish bo‘yicha mustaqil ravishda yoki turistik guruhlar tarkibida sayohatlarni tashkil etish tavsiya etilmoqda.

Joriy yilning iyun oyida Surxondaryoda Sangardak turizm markazi qurilishi boshlandi. Umumiy qiymati 913,3 mlrd so‘mni tashkil etadigan loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi.

Spot, avvalroq, Fransiyaning MND kompaniyasi Shohimardonda 45 mln yevrolik turistik zona tashkil etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.