Google “Xabarlar” ilovasining so‘nggi yangilanishida yuborilgan matnli xabarlarni o‘chirish imkoniyatini joriy etdi.
Endi xabar adashib jo‘natilgan bo‘lsa, xavotirlanmasdan uni osonlik bilan yo‘q qilish mumkin.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun kerakli xat ustida barmog‘ingizni bosib turish, so‘ngra paydo bo‘lgan tegishli belgini bosish orqali uni savatga jo‘natish kerak.
Bunda, “barcha yozishma qatnashchilaridan o‘chirish” variantini tanlash kerak, aks holda “xabarni faqat o‘zingizda o‘chirish” bandini tanlab, foydalanuvchi xatni faqat o‘z qurilmasidan o‘chiradi va bu usulni qayta qo‘llay olmaydi.
Muhim jihati shundaki, suhbatdosh xabarni o‘qishga ulgurmagan taqdirdagina uni o‘chirib tashlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Shu bilan birga, oddiy SMS xabarlarni bunday usulda boshqarish imkonsiz, chunki ularning texnik tuzilishi tufayli suhbatdoshning telefonidan o‘chirib bo‘lmaydi. Shu sababli, xatlarni o‘chirish funksiyasi faqat RCS yozishmalariga taalluqli.
Apple bu masalada birinchi hisoblanadi, chunki u 2022-yilda taqdim etilgan iOS 16-versiyasida shunga o‘xshash imkoniyatni joriy etgan. iMessage’da xabarni o‘chirishdan tashqari, kompaniya uni tahrirlash imkonini ham beradi va bu ikki harakatni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt ajratadi.
Avvalroq Spot Google Android 16'ning barqaror versiyasi chiqishini e’lon qilgani haqida yozgandi.
Barqaror versiya dastlab Google Pixel smartfonlarida ishga tushiriladi. Keyinchalik, 2025-yil oxirigacha u boshqa brendlarning mos qurilmalarida ham paydo bo‘ladi.