Microsoft kompaniyasining sun’iy Intellekt (SI) bo‘yicha bosh direktori Mustafo Sulaymon yaqin yillarda odamga o‘xshab “ongli” ko‘rinadigan SI paydo bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Uning fikricha, bunday tizimlarga qarshi kurashish kerak. Chunki agar sun’iy intellekt haddan tashqari “insoniy” bo‘lib qolsa, rivojlanish sekinlashadi.
Odamlar uni amaliy qo‘llash o‘rniga “SI huquqlari” va unga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqida bahslashishga kirishib ketadi.
“Biz oliy aql yo‘lida nima sodir bo‘layotgani haqida ham qayg‘urishimiz kerak. Biz allaqachon mashhur bo‘lgan ixtirolar, shaxs va jamiyat haqidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan texnologiyalarning ijtimoiy ta’sirini ko‘rib chiqishimiz kerak”, — deydi Sulaymon.
U o‘z hayotiy vazifasi sifatida dunyoni yaxshilaydigan xavfsiz va foydali sun’iy intellektni yaratish ekanligini, bugungi kunda Microsoft AI’da odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun sun’iy intellekt yaratayotganini qayd etgan.
“Men odamlarga ular ilgari o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq narsaga erishish, ko‘proq ijodiy qobiliyatlarni namoyish etish va ko‘proq qo‘llab-quvvatlashni his qilish imkonini beruvchi Copilot kabi mahsulotlarni, mas’uliyatli texnologiyalarni yaratishga e’tibor qaratmoqdaman”, — deydi u.
Sulaymonning qayd etishicha, sun’iy intellektni odamlar uchun yaratish erak, raqamli inson bo‘lishi uchun emas. Biroq buning uchun biz va boshqalar yaratmasligi kerak bo‘lgan narsalar haqida ham gapirish kerak.
“Shu boisdan, bu fikrlarimni shaxsiy blogimda yozib qo‘ymoqdaman. Buning maqsadi izohlar va tanqidlarni jalb etish, muhokamani qo‘zg‘atish, xabardorlikni oshirish va umid qilamanki, ushbu muammo yuzasidan tezkor choralar ko‘rish zarurligini anglash tuyg‘usini uyg‘otishdir. Ehtimol, men hamma narsani to‘g‘ri tushunmagandirman. Axir, bu ancha taxminiy fikrlar”, deya ta’kidlaydi u.
Kim biladi, qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va qachon ro‘y beradi — men o‘z nuqtai nazarimni o‘zgartirishga doim tayyorman, deya xulosa qildi Sulaymon.
Avvalroq Spot sun’iy intellekt tufayli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish xavfi 95% deb baholanayotgani haqida yozgandi.
Google va Microsoft sobiq muhandisi Neyt Soaresning qayd etishicha, sun’iy intellekt hozirgi sur’atda rivojlanishda davom etsa, bunday yuqori ko‘rsatkich saqlanib qoladi.