Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev SOCAR davlat kompaniyasi O‘zbekistondagi neft konini o‘zlashtirishga kirishganini ma’lum qildi. Bu haqda u Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvda qayd etdi.

“Ozarbayjon Turkmaniston bilan an’anaviy energetika hamkorligini yo‘lga qo‘ygan. Endi bu sohada O‘zbekiston bilan ham ish boshladik. SOCAR allaqachon O‘zbekistondagi neft konini o‘zlashtirishga kirishgan, shartnoma imzolangan. Umid qilamizki, kelgusi bir-ikki yil ichida yaxshi xabarlarga ega bo‘lamiz. Barchamiz O‘zbekistonda yirik neft koni topilishi haqidagi ma’lumotni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, — deya ta’kidladi Ilhom Aliyev (Report.az saytidan iqtibos).

2024-yil avgust oyida O‘zbekneftgaz va SOCAR neft-gaz sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Ozarbayjon davlat kompaniyasi Ustyurt platosida geologiya-qidiruv ishlarini boshladi.

Joriy yilning 24-iyul kuni Ozarbayjon kompaniyasi bilan Ustyurt platosida mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni imzolandi. Loyiha doirasida seysmik va geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, uglevodorodlar qazib olish rejalashtirilgan

ilhom aliyev, neft, ozarbayjon, socar

Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi bilan Ustyurt platosi bo‘ylab mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi kelishuv O‘zbekistonga importni to‘liq qoplash va chorak asr davomida neftga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash imkonini beradi. Qazib olingan gaz ichki bozorga yo‘naltiriladi, sanoat esa “arzon va sifatli neft mahsulotlari” bilan ta’minlanadi.

Uch bosqichda amalga oshiriladigan loyiha doirasida qariyb $2 mlrd sarmoya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Rejalashtirilgan zaxiralar — 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr tabiiy gaz. Ustyurt platosida yiliga 5 mln tonna neft qazib olish rejalashtirilgan — bu hozirgi importdan 2,5 baravar ko‘p.

Avvalroq, Spot O‘zbekiston Kaspiy bo‘ylab yuk tashish uchun o‘z paromlarini yaratishi haqida yozgan edi.