Dubay aeroportida navbatsiz va hujjatlarni taqdim etmasdan sun’iy intellekt chegara nazoratini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda Alkhaleej nashri xabar berdi.

Tizim biometriya topshirgan yo‘lovchilarning yuzlarini skanerlaydi, bir vaqtning o‘zida o‘n nafargacha odamni o‘tkazadi, ularga hatto pasport va bortga chiqish talonini olish ham shart emas, shubha tug‘ilgan taqdirda esa chegarachilarni xabardor qiladi.

Maqsad — aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, kelgusida yo‘lovchilarni navbatda turish va qog‘oz hujjatlarni olib yurishdan xalos etish hisoblanadi.

Dubaydagi shaxsni tasdiqlash va xorijliklar ishlari bo‘yicha bosh boshqarma bosh direktori, general-leytenant Muhammad Ahmad Al Marrining so‘zlariga ko‘ra, ma’muriyat eng yuqori xavfsizlik standartlarini saqlab qolgan holda uzluksiz tranzitni ta’minlash uchun eng yangi texnologiyalarni birlashtirishga asoslangan uzoq muddatli istiqbol ustida ishlamoqda.

Chunki kelajakda sayohatlar an’anaviy hujjatlarsiz amalga oshiriladi, chunki pasportlarni tekshirish sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish orqali to‘liq avtomatlashtiriladi, ular har qanday shubhali pasportlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soxtalashtirish bo‘yicha mutaxassislarga yo‘naltiradi.

NDTV nashrining xabar berishicha, oldindan ro‘yxatdan o‘tkazilgan biometriya ma’lumotlari bo‘lishi shart. Hozircha tizim faqat uchinchi terminalda — birinchi klass kutish zali va biznes-zalga kirish huquqiga ega bo‘lganlar uchun ishlayapti.

Jarayon 14 soniya davom etadi. Bir vaqtning o‘zida yo‘lakdan o‘n nafargacha yo‘lovchi o‘tishi mumkin. Qachon barcha yo‘lovchilar uchun joriy etilishi ma’lum qilinmagan.

Telegramdagi “Nu chyo, narod, pognali” kanali obunachilarining yozishicha, shunga o‘xshash tizim, masalan, Seyshel orollaridagi aeroportlardan birida va Gonkong xalqaro aeroportida ishlaydi.

Unda aytilishicha, pasport ko‘rsatilmaydi va skanerlanmaydi, barmoq izlari kerak emas, tizim yo‘lak yoki kabinadan o‘tayotganda avtomatik ravishda yuzni taniydi.


Avvalroq Spot Dubayning Emirates aviakompaniyasi kriptovalyuta orqali to‘lovni amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Tizimni ishga tushirish 2026-yilda rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali Emirates kriptovalyutani to‘lov usuli sifatida joriy qilgan birinchi aviatashuvchiga aylanadi.