Telegram tinglanayotgan qo‘shiqni profilda ko‘rsatishni sinovdan o‘tkazmoqda.
Funksiyani Telegramning macOS uchun beta-versiyasidagi Beta Info nashri va iOS uchun beta-versiyasidagi TeleLakel kanali aniqladi.
Qayd etilishicha, kompozitsiya gorizontal menyu ostidagi profil sarlavhasida chiqadi.
Profilga shaxsiy suhbatlardan, “Tanlanganlar” ro‘yxatidan yoki boshqalarning pleylistlaridan turli qo‘shiqlarni qo‘shish orqali to‘liq ommaviy pleylist yaratish mumkin.
Skrinshotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar buni ayni paytda tinglayotgan qo‘shiqni bosish orqali ochishlari mumkin bo‘ladi.
VKontakte 2013-yilda tinglangan musiqani statusda ko‘rsatish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirdi. 2024-yilda Instagram profil tavsifiga qo‘shiq qo‘shish imkoniyatini taqdim etdi.
Avvalroq Telegramda bir vaqtning o‘zida barcha ommaviy kanallarda postlarni qidirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Undan faqat Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Faqat ikkita qidiruvni bepul amalga oshirish mumkin.
Ushbu funkisya messenjerning avgust oyidagi navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi. Xususan, hikoyalar albomlari, hadya kolleksiyalari va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.