Click Boom va oflayn o‘tkazmalar funksiyalari bilan Click pul o‘tkazmalarini deyarli pul teleportatsiyasi deb atash mumkin bo‘lgan darajaga ko‘taradi.
Click Boom — tezkor o‘tkazmalar
O‘tkazmani amalga oshirish uchun ikkala foydalanuvchi bir-biriga yaqin bo‘lishi, ularning smartfonlarida esa Click SuperApp ilovasidagi Click Boom bo‘limi ochiq bo‘lishi lozim. Mablag‘ o‘tkazuvchi maxsus “radar” yordamida yaqin atrofdagi barcha qabul qiluvchilarni ko‘rishi va karta yoki telefon raqamlarini kiritmasdan, atigi bir nechta “klik"da pul yuborishi mumkin. O‘tkazish jarayoni shunchalik oddiy va tezki, uni hatto havoda ham amalga oshirish mumkin:
Oflayn pul o‘tkazmalari Click SuperApp ilovasi hatto Internetga ulanish bo‘lmagan hollarda ham pul o‘tkazish imkonini beradi. Internetsiz pul jo‘natmalari uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- Click SuperApp’da oflayn tizimni faollashtirish;
- o‘tkazmalar bo‘limiga o‘tish;
- qabul qiluvchining telefon yoki karta raqamini hamda o‘tkazma summasini kiritish;
- “Davom etish” tugmasini bosish va so‘rovni yuborish.
Mazkur funksiya sayohat paytida yoki internet barqaror bo‘lmagan hududlarda qulaylik beradi: masalan, mablag‘ni Qoraqalpog‘istonning olis chekkalaridan, Chimyon orqali o‘tadigan go‘zal yo‘lda ketayotganda yoki Surxondaryo tog‘lari bo‘ylab safar qilayotganda jo‘natish mumkin. Tizim O‘zbekistonning deyarli hamma joyida ishlaydi.
Click bilan moliyaviy operatsiyalar osonroq, xavfsizroq va yanada tezroq. Yangi funksiyalar esa ilovani yanada qulaylashtiradi va kundalik hayotda yanada ko‘proq vazifalarni bajarish imkonini beradi.
Click Boom’ni sinab ko‘rish uchun havola orqali o‘tish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.