2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eksportga nisbatan ko‘proq gaz import qildi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Dastlabki yetti oyda Turkmaniston va Rossiyadan “ko‘k yoqilg‘i” importi 30,6% ga kamayib, $734 mlnni tashkil etdi. Yanvar oyida tabiiy gaz yetkazib berish $27,8 mlnni tashkil etgan bo‘lsa, fevral oyida $8 mlngacha, mart oyida esa $2,7 mlngacha kamaydi. Aprel oyida gaz importi $112 mlngacha, may oyida $135 mlngacha, iyun oyida $286,3 mlngacha oshdi, iyul oyida esa $162,2 mlngacha kamaydi.

Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti 38,2% ga oshib, $438,6 mlnga yetdi. Xususan, yanvar oyida Xitoyga $21,8 mln, fevralda — $20,2 mln, martda — $52,3 mln, aprelda — $105,4 mln, mayda — $88,3 mln, iyunda — $66,9 mln, iyulda — $83,7 mlnlik gaz yetkazib berilgan.

Biroq, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi, unga ko‘ra O‘zbekiston yanvar-may oylarida $460 mlnlik gaz eksport qilgan, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 51,2% ga ko‘proqdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi 8,95% ga — iyun oyidagi $103,72 mlndan $94,43 mlngacha (2024-yil iyuliga nisbatan 36,49% ga o‘sish) kamayganini ma’lum qildi.

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilikni joriy yilning dastlabki yetti oyida $5,69 mlrdlik gaz yetkazib bergan Rossiya egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston — $4,95 mlrd. Keyingi o‘rinlarda Myanma ($922,1 mln), Qozog‘iston ($599,5 mln), shuningdek, kichik hajm bilan AQSh va Italiya turibdi.


Avvalroq Spot O‘zbekistonda gaz, issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun subsidiyalar ajratish 2029-yilgacha davom etishi haqida yozgandi.