Telegram messenjeri 12.0 versiyasi bilan chiqadigan global kuzgi yangilanishga tayyorlanmoqda.

E’tiborga molik yangiliklardan biri, foydalanuvchi hozir tinglayotgan musiqani namoyish etish imkoniyati paydo bo‘lishidan tashqari, Android’da profilning qayta dizayni bo‘ladi.

Kod Durov ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram deyarli 4 yil ichida birinchi marta foydalanuvchilar akkauntlari dizaynini keng miqyosda yangilaydi. Stilistika iOS profil dizayniga moslashtiriladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar o‘z profillarining qaysi qismi asosiy sahifada ko‘rinishini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Masalan, “Sovg‘alar” bo‘limini birinchi yorliq sifatida joylashtirish, “Hikoyalar” bo‘limini esa ikkinchi o‘ringa qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Telegramda bir vaqtning o‘zida barcha ommaviy kanallarda postlarni qidirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Undan faqat Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Faqat ikkita qidiruvni bepul amalga oshirish mumkin.

Ushbu funkisya messenjerning avgust oyidagi navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi. Xususan, hikoyalar albomlari, hadya kolleksiyalari va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.


Avvalroq Spot Telegram platformasi videokontent ichida namoyish etiladigan yangi reklama formatini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, endilikda foydalanuvchi video tomosha qilayotgan paytda ekran quyi qismida qisqa matnli reklama paydo bo‘ladi.