IT Park University — O‘zbekistonda amaliy IT ta’limiga yo‘naltirilgan universitet. Universitet 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan va ilk kunlardanoq yangi IT kadrlarini tayyorlashning muhim markaziga aylandi. O‘qish jarayoni gibrid model asosida tashkil etilgan, ta’lim ingliz tilida olib boriladi va amaliy topshiriqlar hamda real loyihalarni o‘z ichiga oladi. Universitetda bakalavriat va magistratura dasturlari mavjud. EPAM hamkorlik tarmog‘i talabalarga kompaniyaning Yevropadagi ofislarida amaliyot o‘tash imkonini beradi.

IT Park University’da o‘quv dasturlari IT bozorining talablari asosida muntazam yangilanadi. Talabalar ishlab chiqish, testlash va ma’lumotlar tahlilida qo‘llanadigan AI vositalarini o‘rganadi. Bundan tashqari, har bir talaba uchun AI Copilot — murakkab mavzularni o‘zlashtirish, mustaqil ishlash va vazifalarni hal etishda yordam beradigan aqlli yordamchi taqdim etiladi. O‘qituvchilarning 70% ortiq qismi xalqaro IT kompaniya EPAM’ning amaldagi mutaxassislaridan iborat. Ta’lim jarayoni hamkorlar bilan birgalikdagi amaliy loyihalar va xorijiy amaliyotlar imkoniyatlarini ham qamrab oladi. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, bitiruvchilarning 80% ortiq qismi allaqachon IT kompaniyalarida faoliyat yuritmoqda.

Dastur doirasida birinchi o‘quv yilining to‘liq kontrakt summasini qoplaydigan 100 ta grant ajratiladi: 50 tasi Nukus abituriyentlari, yana 50 tasi Farg‘ona abituriyentlari uchun. Nomzodlar ingliz tili va matematika bo‘yicha kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra saralanadi. IELTS, TOEFL, CEFR, SAT, DTM, Astrum va boshqa xalqaro/mahalliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlar belgilangan talablarga mos bo‘lsa, tegishli fanlar imtihonidan ozod etilishi mumkin. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar orasidan har bir shaharda eng yuqori ball to‘plagan 50 nafargacha nomzod grant sohibi bo‘ladi.

Har bir grant bakalavriatning birinchi o‘quv yilidagi to‘lovning 100% qismini qoplaydi. Bu talabalarga moliyaviy xarajatlarsiz sifatli ta’lim olish va eng istiqbolli sohalardan biri — IT’da karera boshlash uchun noyob imkoniyat. Farg‘ona va Nukus abituriyentlari uchun imtihonlar IT Park Uzbekistan filiali bazalarida — Marg‘ilonda va Nukusda o‘tkaziladi.

IT Park University grant dasturi hudud bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy IT ta’limiga kirishni kengaytirishga qaratilgan. Tashabbus yosh mutaxassislarga professional rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi va axborot texnologiyalari sohasida kareraga yo‘l ochadi.

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.itpu.uz.

Telefon: (+998) 55−520−40−00.

Sayt: itpu.uz
Instagram: @itpu_uz
Telegram bot: t.me/ITPU_bot

Reklama huquqlari asosida.