E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Hozirda mavjud 35 ta bankdan 28 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular 13 oydan uch yilgacha saqlanadi.
Oflayn omonat ochish uchun minimal miqdor $10ni, onlayn omonat uchun esa $50ni tashkil etadi.
Orient Finans Bank va Garant Bankda omonat ochish uchun talab qilinadigan eng minimal omonat miqdori $5000ni tashkil etadi. Biroq shartlar farq qiladi: Garant Bankda foiz stavkasi yillik 8%gacha yetsa, Orient Finans Bankda bu ko‘rsatkich atigi 2,5%ni tashkil etadi.
Aksariyat banklarda omonatni muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati mavjud. Biroq, bunday holatlarda hisoblangan foizlar yillik atigi 1−2% stavkadan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi yoki omonatning umumiy summasidan ushlab qolinadi.
Universalbank, Trastbank va O‘zsanoatqurilishbank dastlabki 12 oy davomida omonatni to‘ldirishga ruxsat beradi, InfinBank va Anorbankda esa bu imkoniyat faqat dastlabki 6 oy mobaynida mavjud.
Maqola chop etilgan vaqtda chet el valyutasidagi omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni Anorbank va Garant Bank taklif etmoqda — omonat muddati 24 oygacha bo‘lganda yillik 8%. Davrbank, Universalbank va InfinBank esa 7,5% dan taklif qilmoqda.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa | Muddatiy (oy) | Ochish usuli | To‘ldirish | Qisman yechib olish |
8% | $1000 | 24 | onlayn | 6 oygacha | Yo‘q | |
8% | $5000 | 13 | onlayn/oflayn | 3 oygacha | Yo‘q | |
7,5% | $200 | 18 | oflayn | 12 oygacha, minimum $200 | Yo‘q | |
7,5% | $100 | 25 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q | |
7,5% | $1000 | 24 | onlayn/oflayn | 6 oygacha | Bor, $1000 qoldiq bilan | |
2−7% | $100 | 3−24 | oflayn | Bor | Yo‘q | |
Hayot Bank | 7% | $100 | 18 | oflayn | Bor, $100 | Bor, $100 qoldiq bilan |
7% | $100 | 18 | onlayn | Bor | Bor | |
7% | $1000 | 24 | oflayn | 12 oygacha | Bor, $1000 qoldiq bilan | |
O‘zsanoatqurilishbank | 7% | $500 | 18 | onlayn/oflayn | Yo‘q | Yo‘q |
6−7% | $100 | 13−24 | onlayn/oflayn | Yo‘q | Yo‘q | |
6−7% | $100 | 13−25 | onlayn/oflayn | Yo‘q | Bor | |
6,5% | $100 | 24 | onlayn | Bor | Bor | |
6,5% | $100 | 13−24 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q | |
6% | $1000 | 15 | oflayn | Bor | Bor | |
Apex Bank | 6% | $100 | 24 | oflayn | Bor | Bor, $100 qoldiq bilan |
6% | $100 | 13 | oflayn | Bor | Bor | |
6% | $100 | 13 | onlyan/oflayn | Bor | Bor, $100 qoldiq bilan | |
5% | $500 | 24 | oflayn | Yo‘q | Yo‘q | |
3,25−5% | $50 | 3−18 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q | |
5% | $500 | 18 | onlayn | Bor | Bor | |
5% | $50 | 24 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q | |
4,5% | $10 | 18 | oflayn | Bor | Yo‘q | |
3,5−4% | - | 6−13 | oflayn | Yo‘q | Yo‘q | |
Tenge Bank | 4% | $100 | 6 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q |
4% | $500 | 36 | onlayn/oflayn | Bor | Bor | |
3% | $500 | 6−12 | oflayn | Yo‘q | Bor | |
2,5% | $5000 | 500 kun | oflayn | Yo‘q | Bor |
* — 13 oylik omonat: oflayn — 6%, onlayn — 6,5%; 24 oylik omonat: oflayn — 6,5%, onlayn — 7%.