AQSh federal sudi Google Chrome brauzerini sotishga majbur emasligi va o‘zining Android operatsion tizimini saqlab qolishi mumkinligi haqida qaror chiqardi, deya xabar bermoqda Bloomberg, CNBC, TechCrunch va The Verge nashrlari.

Kompaniyalarga smartfon ishlab chiqaruvchilariga o‘z qurilmalariga qidiruv tizimini oldindan o‘rnatish uchun to‘lov berishni davom ettirishga ruxsat berildi, biroq eksklyuziv bitimlar tuzish taqiqlandi.

Shu jumladan, Google Apple bilan Safari brauzerida o‘z qidiruv tizimidan foydalanish bo‘yicha kelishuvni saqlab qolishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, unga olti yil davomida o‘z ma’lumotlarini Microsoft, DuckDuckGo, OpenAI va Perplexity kabi raqobatchilarga taqdim etish majburiyati yuklandi.

Biroq, bu hozircha dastlabki qaror bo‘lib, yakuniy hukm 2025-yil 10-sentyabrda chiqariladi.

AQSh, Google, monopoliya

Agar AQSh Adliya vazirligining bosh kompaniyadan ajralib chiqish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsa, Google Chrome brauzerini $20 mlrdga sotishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, bu qaror eng yirik texnologik kompaniyalardan biriga nisbatan tarixiy bosim chorasi bo‘lishi mumkin.

Avvalroq “Bloomberg” AQSH Adliya vazirligi sud orqali Google’ni Chrome brauzerini sotishga majburlamoqchi ekani haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, agentlik qidiruv natijalarida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan javoblar uchun boshqa kontentdan foydalanishni cheklash, shuningdek, Android operatsion tizimini boshqa Google xizmatlaridan, jumladan, Google Play ilovalar do‘konidan ajratishni taklif qildi.

Avgust oyida Vashingtondagi okrug sudi Google qidiruv tizimlari bozorida qurilma ishlab chiqaruvchilari va veb-brauzerlar bilan o‘zlarining mahsulotlarida o‘z qidiruv tizimidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar orqali monopoliyani o‘rnatish orqali monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgan deb topdi.

Sud bunday “milliardlab” bitimlar boshqa internet qidiruv tizimlari uchun raqobatni qiyinlashtiradi, deb hisobladi.

Avgust oyi o‘rtalarida Adliya vazirligi texnologik gigantni bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan edi.

Eng ko‘p muhokama qilingan variantlar orasida Android operatsion tizimi, AdWords va Chrome sotuvi bor edi.

Biroq Google’ning o‘zi taklif qilingan bo‘linish haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. O‘sha paytda yangi monopoliyaga qarshi holat qayd etilmagan.

Ushbu qaror Meta, Amazon va Apple kabi boshqa yirik texnologiya kompaniyalari uchun ham namuna bo‘lishi mumkin.

Masalan, Yevropa Komissiyasining yaqinda yuz bergan ishi va qaroridan so‘ng Apple uchinchi kompaniyalarga kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish va o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirishga ruxsat berishga majbur bo‘ldi.

Google’ning ta’kidlashicha, bunday natija bozorga zarar yetkazishi, narxlarning oshishi va innovatsiyalarni sekinlashtirishi mumkin. Kompaniya, shuningdek, Meta kabi raqobatchilarga ishora qiladi va reklama beruvchilarning ko‘plab muqobil variantlari borligini aytadi.

AQSh Adliya vazirligi YouTube bosh direktorini so‘roq qilishni va kompaniyaning reklama bo‘limining sobiq va amaldagi rahbarlarining ko‘rsatmalarini tinglashni rejalashtirmoqda.

Agar Adliya vazirligi muvaffaqiyatli bo‘lsa, Google nafaqat o‘z biznesining bo‘linishi, balki tovon talab qiladigan reklama beruvchilarning sud jarayonlari to‘lqiniga duch kelishi mumkin.

Bernstein tahlilchilari Google’ning umumiy moliyaviy yo‘qotishlari $100 mlrdgacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bu so‘nggi ikki oy ichida Google’ga qarshi qo‘zg‘atilgan ikkinchi monopoliyaga qarshi ishdir. Avgust oyida sud kompaniyaning internet qidiruv bozoridagi monopoliyasini noqonuniy saqlab qolganligi haqida qaror chiqargan. Bu so‘nggi 20 yildagi eng yirik monopoliyaga qarshi qaror edi.