Farg‘ona vodiysi viloyatlariga Ohangaron-Pungon quvuri orqali tabiiy gaz yetkazib berish bir yarim sutkaga to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat dasturi doirasida qurilgan 22 kilometr uzunlikdagi qo‘shimcha tarmoqni xavfsiz ulash uchun gaz quvuri o‘chiriladi.
Uning ishga tushirilishi Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari aholisini gaz bilan ta’minlash ishonchliligini oshirishini vazirlik ta’kidladi.
Gaz quvurining o‘chirish 5-sentabr kuni soat 12:00 da boshlanadi va 36 soat davom etadi. Mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan holda, shu vaqt mobaynida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga hamda yirik iste’molchilarga gaz yetkazib berish cheklanadi.
Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining ish to‘xtashini qoplash maqsadida Farg‘ona vodiysi haydovchilariga yetkazib berish uchun benzin sotish hajmi ko‘paytiriladi.
Energetika vazirligi montaj ishlari davomida aholini gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni va’da qildi. Shuningdek, vazirlik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Avvalroq Spot iyul oyida O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini oshirgani haqida yozgandi.
Rossiya va Turkmanistondan importni kamaytirgan O‘zbekiston yil boshidan beri gazning sof importchisi bo‘lib qolmoqda.