Hukumatning 2-sentabrdagi qarori bilan “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish tartibini belgilaydi.

Tovarlar Bojxona kodeksi hamda qayta ishlash ruxsatnomasi asosida joylashtiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladigan hududdagi bojxona organi, shuningdek, maxsus turdagi tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha ariza taqdim etadi.

Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risida maʼlumot;
  • vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi;
  • tovarni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiya qilishning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli bo‘yicha maʼlumoti;
  • qayta ishlash operatsiyalari uchun zarur bo‘lgan shartnomalar.

Bojxona organi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 10 ish kunida ko‘rib chiqadi.

Ruxsatnoma arizada ko‘rsatilgan muddatga beriladi. Biroq ushbu muddat 2 yildan ortiq bo‘lmasligi lozim.

20-iyuldan xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirishda yangi tartib kuchga kirgandi.

Avvalroq Dovut ota posti orqali harakatlanish bo‘yicha kiritilgan cheklovlar yil oxirigacha uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.