Toshkent viloyatida sud qaroridan keyingi davr uchun asossiz hisoblanib, bank yechib olgan 115 mln so’m korxona hisobiga qaytarildi. Bu haqda Biznes ombudsman xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Biznesni rivojlantirish banki hududiy bo‘linmasi korxonaga nisbatan asosiy qarzni undirish to‘g‘risidagi sud qaroridan keyingi davr uchun asossiz ustama jarima hisoblagan.
Natijada 115,6 mln so‘m korxona hisob raqamidan yechib olingan.
Tadbirkor tomonidan bankka bir necha marta murojaat qilingan, ammo ular eʼtiborsiz qoldirilgan. Murojaatni ko‘rib chiqish tartibini buzganligi uchun bank mansbdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, noto‘g‘ri undirib olingan 115,6 mln so‘m korxonaning hisob raqamiga qaytarildi.
Iyul oyida Soliq qo‘mitasi Lactalis’ga nisbatan Soliq kodeksining 2271-moddasi bo‘yicha 5,4 mlrd so‘mlik jarimani bekor qilgani haqida xabar berilgandi.
Spot, avvalroq, Andijonda tadbirkorga texnik xatolik bilan yuborilgan 157 mlrd so‘m qarzdorlik bekor qilingani haqida yozgandi.