Ismim Sharif: Konstaning 25 ta neyrotarmoq yordamida ishlangan klipi qanday yaratilgan?

Spot Damir Mubinov bilan reklama roliklaridagi rejissyorlik tajribasi, neyron tarmoqlar yordamida yaratilgan klip ustida ishlash jarayoni, nima uchun har bir kadrni turli neyrotarmoqlarda ishlab chiqishga to‘g‘ri kelgani va tijorat videolarida sun’iy intellektning istiqbollari haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Toshkentdagi bitta uy uchun $200 minggacha pora” — quruvchi ruxsatnomalar berilishidagi korrupsiya haqida

“Arizani 10 martagacha qaytarishmoqda”, — deya ta’kidladi u. Shu sababli, ruxsatnoma berishda asossiz rad etish uchun jazo choralarini joriy etish taklif qilinmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistondagi ayrim xususiy oliygohlar litsenziyalari “muzlatildi”. Mutaxassislar qanday fikrda?

Spot xususiy oliygohlar, jumladan, texnik xatolik vaji bilan litsenziyalari nofaol qilingan OTMlar vakillari bilan nima uchun bunday vaziyat yuzaga kelgani va endi nima bo‘lishi haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Labubu: Van Ning va uning o‘yinchoqlari qanday muvaffaqiyatga erishdi?

38 yoshli Van Ning Pop Mart orqali yaratgan Labubu o‘yinchoqlari sabab boyligini bir yilda deyarli $20 mlrdga oshirdi va Bloomberg’ning eng boy 100 kishisi ro‘yxatiga kirdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. 2-sentabrdan avtomobillarni Piskent poligonida sinovdan o‘tkazish to‘xtatiladi.
    Bu qaror rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshgani hamda iste’molchilarning ular bilan ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani sababli qabul qilindi.
  2. O‘zbekistonda uy-joyni QQS bilan sotib olishda keshbek joriy etilishi mumkin — SSP raisi.
    Davron Vahobovning ta’kidlashicha, hozirda uy-joylarning qariyb 90%i QQSsiz sotib olinmoqda. Keshbek miqdori bitim summasining 6%igacha bo‘lishi mumkin.
  3. O‘zbekneftgaz AI-80 benzinini birja savdolarida sotishni to‘xtatdi.
    Avgust oyida iste’molchilar tomonidan xarid qilingan AI-80 avtobenzini majburiyat va mavjud qoldiqlardan kelib chiqib, o‘z egalariga yetkazib beriladi.
  4. Yarim yilda O‘zbekistonning davlat qarzi $3,1 mlrdga oshib, $43,4 mlrdga yetdi.
    Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $6,13 mlrdga o‘sdi. Uning asosiy qismi — $36 mlrddan ortig‘i tashqi qarz, $6,9 mlrdi esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.
  5. Alif fintex kompaniyasi O‘zbekistonda bank litsenziyasini olishni rejalashtirmoqda.
    Xolding kompaniyasi mamlakatda bank tuzilmasini tashkil etishni ma’qulladi. Tez orada Alif hujjatlarni Markaziy bankka topshiradi.
  6. Yangi xalqaro aeroport uchun Toshkent viloyatidan 1300 gektar yer ajratiladi.
    Uning 60%i — 790,76 gektari O‘rta Chirchiq, 519 gektari esa Quyi Chirchiq tumanidan olinadi.
  7. “Ortiqcha mablag‘ olinmaydi” — Qurilish vazirligi ruxsatnoma uchun $200 minggacha xarajatlar haqida.
    Vazirlik tadbirkor Usmonjon Abdusamatov bildirgan fikr-mulohazalari yuzasidan rasmiy bayonot berib, qurilish sohasiga oid barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar elektron tarzda amalga oshirilishini, qo‘shimcha mablag‘ talab qilinishi mumkin emasligini qayd etdi.
  8. Avtomobil importida baholash tartibi soddalashtiriladi.
    Hukumat qaroriga ko‘ra, shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan mashinalarga ayrim tekshiruvlar bekor qilinib, transport vositalarining turini ma’qullash hujjati muddati 5 yilga uzaytirildi.
  9. 2026-yildan fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi.
    Imtiyoz paxta va g‘alladan tashqari sotilgan meva-sabzavot, go‘sht, sut, tuxum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tatbiq etiladi.
  10. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga QQSning bekor qilinishi 48 mingdan ortiq fermerga ta’sir qiladi.
    Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov fermerlar uchun rentabellik 5−7% dan 15% gacha oshishini qayd etdi. Mablag‘lar uch kun ichida onlayn platforma orqali qaytariladi.