E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 8-sentabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 520,78 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 4-sentabr kuni belgilangan 12 437,15 so‘m qiymatga nisbatan 83 so‘m 63 tiyinga oshdi.
5-sentabr kuni sotish kursi banklarda 12 580 so‘mdan 12 520 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 470 so‘mdan 12 380 so‘mgacha yetdi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda avgust oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket to‘rtinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Avgust oyida milliy valyuta 109 so‘mga, yil boshidan buyon esa 438 so‘mga qimmatlashgan. Ekspertlar dollarni sotishni emas, sotib olishni maslahat berishmoqda.