HR sohasida karyerani boshlash istagidagilar uchun bepul master-klass bo‘lib o‘tadi.
18-sentabr kuni soat 19:00da onlayn formatda HR sohasi bo‘yicha maxsus master-klass o‘tkaziladi. Tadbirni soha mutaxassisi Diyora Baltaeva olib boradi.
Master-klass davomida ishtirokchilar HR mutaxassisining vazifalari va biznesdagi roli bilan tanishadi hamda ish beruvchilar nega HR-generalistlarni qidirishi sabablarini bilib oladi.
Shuningdek, HR sohasidagi 12 ta yo‘nalish haqida ma’lumotga ega bo‘ladi va rekruting orqali oyiga 6 mln so‘m daromad qilish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Tadbir Google Meet platformasida o‘tkaziladi. Ishtirok etish bepul, havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Joylar soni 50 ta bilan cheklangan.
Mutaxassis haqida
Diyora Baltaeva — HR sohasida 6 yildan ortiq tajribaga ega ekspert. U kompaniyalarda HR tizimlarini yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanib, kompaniya holatini audit qilishdan tortib, yangi xodimlarning tez moslashishi uchun adaptatsiya dasturlarini ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayonlarni amalga oshiradi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda birinchi biznes farishta dasturi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.
Dastur doirasida 15−16 sentabr kunlari onlayn “workshop” bo‘lib, unda biznes farishta bo‘lish jarayoni, investitsiya mezonlari haqida ma’lumot beriladi.