Sammitning ishbilarmonlik dasturi doirasida Toshkentda yirik xorijiy kompaniyalar mutaxassislari — IKEA, Hettich, Egger, Kleiberit, Homag va boshqalar so‘zga chiqadi. Sammitda 500 dan ortiq biznes egalari va top menejerlar, 100 dan ortiq xalqaro va mahalliy kompaniyalar, shuningdek, Yevropa, MDH, Turkiya, Xitoy va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan 20 dan ortiq yetakchi spikerlar ishtirok etadi.
“Har yili biz hamkorlar va hamkasblarimizni yirik professional konferensiya MebelIn’da jamlab kelganmiz. Ammo bu yil kompaniyamizning 30 yilligida jamoamiz mislsiz miqyosdagi maydon yaratishga qaror qildi, bu yerda asosiy hamkorlarimiz, yirik ishlab chiqaruvchilar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, Mebel va yog‘ochni qayta ishlash sanoati assotsiatsiyasi Meyos a’zolari yig‘iladi. Joriy yilda tadbirkorlar bilan muloqot va ishlab chiqarishimizga tashriflar chog‘ida davlat rahbari, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mebel sanoati mamlakat iqtisodiyoti drayverlarining top-15 ro‘yxatiga kiritilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, lokallashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot yaratishda katta foydalanilmagan salohiyat mavjudligini alohida qayd etdi. Davlat rahbari, shuningdek, investitsiyalarni faol jalb qilish, imkoniyatlarni aniq loyihalarga aylantirish va kichik korxonalar faoliyatini kengaytirishni asosiy vazifalardan biri sifatida belgiladi. Sammit mintaqaviy miqyosdagi birinchi bosqich bo‘ladi”, — dedi assotsiatsiya kuzatuv kengashi raisi va Dafna, EMAN Engineering bosh direktori Aziz Nuritdinov.
Sammitning asosiy xususiyatlari
Xalqaro integratsiya: ilk bor Yevropa, MDH, Turkiya, Xitoy va BAAdan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va developerlar bir maydonda uchrashadi.
Bevosita muzokaralar: ishtirokchilar shartnomachilar va developerlar bilan vositachilarsiz muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jahon darajasidagi ekspertiza: ishbilarmonlik dasturini yirik xorijiy kompaniyalar — IKEA, Hettich, EGGER va boshqalarning top menejerlari va direktorlar shakllantiradi.
Networking va shartnomalar: 500 dan ortiq ishtirokchi yangi aloqalar o‘rnatish va xalqaro kelishuvlar imzolash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sanoatga hissa: bozorning asosiy chaqiriqlari bo‘yicha hamkorlikdagi tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Meyos assotsiatsiyasi bilan birgalikda tegishli idoralarga yuboriladi.
Ishbilarmonlik dasturi
Sammit Davlat idoralari vakillari va xalqaro spikerlar ishtirokida bosh sahnadagi tantanali ochilish marosimi bilan boshlanadi. Spikerlar qurilish, mebel va interer sanoatidagi dolzarb muammolar va yo‘nalishlarni tilga olib, investitsiyalarni jalb qilish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashadi.
So‘ngra sammit bosh sahna va uchta panel sessiyada davom etadi: “Qurilish”, “Dizayn va arxitektura” va “Hududiy mebel sanoati muammolari va ularni hal qilish amaliy yo‘llari”.
Ishbilarmonlik dasturi sanoat uchun uchta asosiy bosqichni qamrab oladi:
ta’minot zanjirlari va chegaralararo xaridlar: to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar, logistika va sertifikatlash haqida;
dizayn, materiallar va barqaror innovatsiyalar: yangi mahsulotlar, ESG va ishlab chiqaruvchilar bilan dizayn byurolarining kobrending hamkorligi haqida;
xalqaro bozorga chiqish va moliyalashtirish: developerlar bilan hamkorlik, eksport moliyalashtirish va distributsiyaning huquqiy jihatlari haqida.
Har bir muhokama xalqaro spikerlarning chiqishlari va ishtirokchi kompaniyalar amaliy tajribalarini o‘z ichiga oladi.
Sammit hamkorlariga
Silk Road Summit by EMAN mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mebel va qurilish sanoatiga global integratsiyasi uchun yangi sahifa bo‘ladi. Bu — shartnomalar tuziladigan, yangi hamkorliklar yaratiladigan, xalqaro ekspertiza olinadigan va milliy brendlar ilgari suriladigan maydon.
Tashkilotchi: sanoat hamkorlari ko‘magida EMAN Group.
Sana: 1-oktabr.
O‘tkaziladigan joy: Toshkent shahri Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri.
Sammitda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting. Kutish varaqasiga oldindan yozilish havolasi.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 95−119−68−63.
Reklama huquqlari asosida.