AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqini Rossiyaga bosim o‘tkazish maqsadida Xitoy va Hindistondan keltirilayotgan tovarlarga 100% gacha boj solishga undagan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Financial Times va CNBC nashrlari ham o‘z manbalariga asoslanib, bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Tramp 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan konferens-qo‘ng‘iroq paytida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan va Yevropa Ittifoqining boshqa amaldorlariga ushbu taklifni bildirgan.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi shu hafta sanksiyalarni muvofiqlashtirish masalasini muhokama qilish uchun Vashingtonga tashrif buyurgan.

Yevropalik diplomatning aytishicha, AQSh Yevropa Ittifoqi Vashington taklifiga rozi bo‘lgan taqdirda, o‘xshash bojlarni joriy etishga tayyorligini ma’lum qilgan.

“Aslida, ular (AQSh): biz buni amalga oshiramiz, lekin siz ham buni biz bilan birgalikda qilishingiz kerak”, — demoqda deya diplomat agentlikka izoh bergan.

Avvalroq Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi.

AQSh prezidenti 8-avgustgacha Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, yangi sanksiyalar qo‘llashini ma’lum qilgandi.

“Biz sanksiyalar kiritmoqchimiz. Ular Vladimir Putinni xavotirga solyaptimi, yo‘qmi, bilmayman. Lekin ular sanksiya nimaligini bilishadi. Men sanksiya va tariflarni hammadan yaxshi tushunaman. Bu ta’sir ko‘rsatishiga ishonchim komil emas, ammo biz buni amalga oshiramiz”, — deya ta’kidladi Tramp.

Tramp Rossiyaning 31-iyul kuni Kiyevga qarshi uyushtirgan keng ko‘lamli hujumini sharhlayotib, Moskvaning harakatlarini “achinarli” deb baholadi.

U ikki tomon ham jiddiy talafot ko‘rayotganini ta’kidladi, ammo uning aytishicha, Rossiya ko‘proq yo‘qotish bermoqda — haftasiga 7 minggacha harbiy xizmatchi. Bundan tashqari, Putin raketalar otayotgani sababli tinch aholi ham qurbon bo‘lmoqda.

AQSh prezidenti bu mojaro “hech qachon bo‘lmasligi kerak bo‘lgan urush” ekanini yana bir bor ta’kidladi. U buni “Baydenning urushi” deb atadi va uning prezidentligi davrida bunday bo‘lmasligini ta’kidladi.

28-iyul kuni Tramp Moskva uchun 50 kunlik ultimatumni qisqartirib, Vladimir Putinga tinchlik bitimi tuzish uchun “10−12 kun” berdi. Aks holda, Vashington Rossiya resurslarini sotib oluvchilarga qarshi ikkilamchi bojlarni joriy qilmoqchi.


Avvalroq Spot AQSh Rossiyadan neft va gaz sotib oluvchi mamlakatlar uchun 500%lik import boji joriy qilmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, AQSh Senatining 100 nafar a’zosidan 72 tasi Rossiyadan neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranni sotib oluvchi mamlakatlardan importga bojlar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullaga