IT Park yonidagi StartupBase platformasi Investor’s Room — startap vakillari bilan potentsial investorlar o‘rtasidagi uchrashuv uchun arizalarni qabul qilishni boshlamoqda.

Tadbir 27-sentyabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi (ICT Week Uzbekistan 2025) doirasida o‘tkaziladi.

Startap asoschilari kelgusi muzokaralar bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida o‘z loyihalarini 5 daqiqalik taqdimot shaklida namoyish etadilar.

Ishtirok etish uchun o‘z g‘oyalarini taqdim etishga tayyor bo‘lgan boshlang‘ich bosqichdagi (pre-seed, seed, dastlabki o‘sish bosqichidagi) startaplar taklif etiladi.

Tadbirda 30 ga yaqin investor, jumladan, biznes farishtalar, venchur jamg‘armalari va korporativ vakillari (skautlar) qatnashadi.

Uchrashuv IT Park hududidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida ikki soat davomida o‘tkaziladi. O‘rinlar soni cheklangan.

Ishtirok etish uchun anketani havola orqali to‘ldirish mumkin.


Avvalroq Spot Astana Hub va IT Park Uzbekistan Market Entry akseleratorini ishga tushiraayotgani haqida yozgandi.

U orqali o‘zbekistonlik startaplar Qozog‘iston bozoriga kirishda yordam oladi. Arizalar 20-sentabrgacha qabul qilinadi.