Bundan tashqari, 2026-yildan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolar va tadbirkorlardan 30 turdagi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Foto: Jaloliddin Rajabov / Spot
Avvalroq prezidentning tegishli farmoni bilan joriy yilning 1-noyabridan Yagona portalda jismoniy shaxslarning belgilangan shaxsga doir maʼlumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.
Bu maʼlumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi hamda MyGov mobil ilovasi orqali ko‘rsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ularning qog‘oz shaklini talab qilish taqiqlanadi.
Batafsil ro‘yxat quyidagi jadvalda keltirilgan:
Ma’lumot nomi
| Ma’lumotlarni taqdim etish uchun mas’ul vakolatli organ
|
- Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi
- Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi
- Davlat tibbiyot muassasasida hisobda turganligi
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
|
- Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida
- Biometrik pasport (ID karta)
- Haydovchilik guvohnomasi
- Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi
- O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risida
- Nomida mavjud bo‘lgan avtotransport vositalari
- Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)
- Xorijga chiqish biometrik pasporti
|
Ichki ishlar vazirligi
|
- Talaba o‘qish joyidan ma’lumot (oliy ta’lim muassasasidan)
- Ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘rta maxsus, kasb-hunar, professional va oliy ta’lim)
| Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
- Shahodatnoma ma’lumotlari
| Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
|
- Nomiga rasmiylashtirilgan litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalar
- YTT to‘g‘risida
| Adliya vazirligi
|
- Ish staji va ish joyi to‘g‘risida ma’lumot
| Bandlik vazirligi
|
- Turar joyning maydoni
- Nomidagi ko‘chmas mulk obyektlari
| Kadastr agentligi
|
- Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi
- Fuqaroning Temir daftar’ga kiritilgani
| Ijtimoiy himoya milliy agentligi
|
- Fuqaroning Yoshlar daftari’ga kiritilgani
| Yoshlar ishlari agentligi
|
- Soliq va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi
- Ish haqi to‘g‘risida
- O‘zini o‘zi band qilganligi
|
Soliq qo‘mitasi
|
- Fuqaroning Ayollar daftari’ga kiritilgani
| Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
|
- To‘langan pensiyalar (nafaqalar) miqdori
- Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida
| Iqtisodiyot va moliya vazirligi huduzirdagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, IHMA
|
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi O‘zbekistondan chiqishga vaqtincha cheklov qo‘yilganligi
| MIB
|
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan ma’lumot va hujjatlarni aholidan, shu jumladan, tadbirkorlardan talab qilish taqiqlanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur ma’lumot va hujjatlar Raqamli hukumat tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda olinadi.
Ushbu ro‘yxatga ham 30 turdagi hujjatlar kiritilgan:
Ma’lumot va hujjatlar nomi
| Mas’ul davlat organlari va tashkilotlar
|
- Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi
- Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud yoki mavjud emasligi
|
Adliya vazirligi
|
- Manzil bo‘yicha doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olinganlar to‘g‘risida
- Fuqaro doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i
- Avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi
|
IIV
|
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi
- Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanmalar va ularning nusxalari
- Tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha hisobda turish yoki turmasligi bo‘yicha
- 083 shakli
- 063 shakli
|
SSV
|
- Davlat ekologik ekspertiza xulosasi
- Ekologik auditorning malaka sertifikati va uning nusxasi
| Ekologiya vazirligi
|
- Elektron onlayn auksion bayonnomasi
- Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi)
- Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar
- Baholovchining malaka sertifikati va nusxasi
- Rieltorlarning malaka sertifikati va nusxasi
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
|
- Davlat ulushi mavjud korxona tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasiga beriladigan elektron hisob-ma'lumot
| O‘zavtosanoat
|
- Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari
| Soliq qo‘mitasi
|
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi
| Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
|
- Sportchining sportchi pasporti nusxasi
- Sportchilar uchun sportchining razryadi va unvonlari
| Sport vazirligi
|
- Talabalar turar joyiga joylashish uchun berilgan yo‘llanmalar va ularning nusxalari
- Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat va uning nusxasi
- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar
|
Oliy ta’lim vazirligi
|
- O‘zlashtirish tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi (9-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun)
- 9-sinfdan keyin majburiy o‘rta ta’limni yakunlamaganligi
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun yo‘llanma va uning nusxasi
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar
- Barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat va uning nusxasi
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi
|
Ushbu talablarni joriy etish Shavkat Mirziyoyev huzurida 5-sentabr kuni o‘tkazilgan adliya tizimida davlat xizmatlarini kengaytirishga oid taqdimotda ma’lum qilingandi.
1-iyuldan MyGov ilovasida ayrim hujjatlarning elektron shakllari joriy etildi. Ularni banklar, notarial idoralar, ichki avia hamda temir yo‘l qatnovlarida, shuningdek, davlat va korporativ xizmatlardan foydalanishda qog‘oz shaklining o‘rniga taqdim etish mumkin.
Avvalroq o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni Yagona portal orqali taqiqlash imkoni yaratilgani haqida xabar berilgandi. Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, bu orqali banklar va moliyaviy tashkilotlarning fuqarolarga kredit ajratishi cheklanadi.