“Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari markazi”da Air Products mahsulotlarining sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.Kompaniya auditdan o‘tib, oziq-ovqat maqsadlari uchun siqilgan hamda suyultirilgan uglerod dioksidini ishlab chiqarish va yetkazib berishni boshqarishning xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi standartlariga muvofiqligi tasdiqlandi:

  • FSSC 22000 — oziq-ovqat ta’minoti zanjirida oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlash sxemasi;
  • ISO 22000:2018 — oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimining xalqaro standarti;
  • HACCP sertifikati — Codex Alimentarius (CAC/RCP 1-1969, Rev. 4) tavsiyalariga muvofiq;
  • Halol sertifikati — CERTIN HALOL organi tomonidan berilgan UAE.S GSO 2055-1:2015 standarti talablariga muvofiqlik sertifikati.

Barcha sertifikatlar TÜV Thüringen (Germaniya) va CERTIN HALOL (O‘zbekiston) kabi xalqaro sertifikatlashtirish organlari tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra berilgan.

air products

Marosimda hukumat vakillari, shuningdek, kompaniyaning potensial mijozlari va hamkorlari ishtirok etdi.. Dastur meva va sabzavotlarni shok usulida muzlatish va keyinchalik tatib ko‘rish uchun ishlab chiqarish liniyasini namoyish etishni o‘z ichiga olgan.

air products

Ushbu sertifikatlarning biznes va butun soha uchun ahamiyati haqida Air Products kompaniyasining O‘zbekistondagi tijorat direktori Kirill Korotkov so‘zlab beradi.

air products
Kirill Korotkov,
Air Products kompaniyasining O‘zbekistondagi tijorat direktori.

Biz uchun sertifikatlash shunchaki rasmiyatchilik emas. Biz CO₂ni gazning tarkibi va kelib chiqishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat va agrosanoat tarmoqlariga yetkazib beramiz. Sertifikatlash hamkorlarimizga xavfsiz va axloqiy jihatdan maqbul mahsulotdan foydalanayotganiga huquqiy va ma’naviy ishonch beradi.

Halol va CO₂ — o‘quvchini ajablantirishi mumkin bo‘lgan uyg‘unlik. Nima uchun bu sertifikat gazga nisbatan qo‘llaniladi?

Bir qarashda bu g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin, ammo CO₂ ko‘pincha oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga ishlatiladi - masalan, qadoqlash, muzlatish, ichimliklar ishlab chiqarishda. Agar ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z mahsulotini halol deb ko‘rsatsa, ishlab chiqarishning har bir bosqichida barcha komponentlar, jumladan, gaz ham shunga mos kelishi muhimdir.

air products

O‘zbekistonda bunday sertifikatlarni olish qanchalik qiyin? Bu kamdan-kam uchraydigan holatmi?

Biz CO₂ bo‘yicha ushbu jarayonni o‘tagan kam sonli kompaniyalardan birimiz. Bu uzoq vaqt talab etib, qat’iy texnik parametrlarga rioya qilish hamdasifatni doimiy nazorat qilishni taqozo etadi. Biroq biz buni ishonchga qilingan sarmoya, deb hisoblaymiz.

Shuningdek, ta’kidlash joizki, FSSC 22000 sertifikati ham, gazni tahlil qilish natijalari ham xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan organlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, bu sanoatimizdagi eng talabchan mahalliy va xorijiy xaridorlar uchun sifat isboti bo‘lib xizmat qiladi.

air products

Bunday standartlar biznesga imijdan tashqari qanday foyda keltiradi?

Bu shunchaki imij degani emas, balki, haqiqiy shartnomalardir. Mijozlarimizning bir qismi muvofiqlikni tasdiqlashni talab qiladi. Ushbu sertifikatlar bilan biz eng yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishimiz mumkin.

air products

Air Products misoli O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalar uchun namuna bo‘la oladimi?

Shuni juda xohlardik. Bu ham raqobat, ham mamlakatdagi sifat masalasi. Umuman olganda, agar soha xalqaro standartlarga javob bersa, bundan hamma yutadi: iste’molchilar ham, eksportchilar ham, shuningdek, biznes maydoni sifatida O‘zbekiston ham.

air products


Air Products tomonidan qo‘lga kiritilgan xalqaro sertifikatlar ixtiyoriy standartlar toifasiga kiradi. Davlat tomonidan o‘rnatiladigan va mahsulot xavfsizligiga minimal talablar qo‘yadigan majburiy me’yorlardan farqli o‘laroq, bunday standartlar sanoatning o‘zi tomonidan shakllantiriladi. Ular sifat, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonlari masalalarini tartibga solib, asosiy darajadan yuqoriroq talablarni o‘z ichiga oladi.

ISO 22000, FSSC 22000, HACCP yoki Halol kabi ixtiyoriy sertifikatlashtirish raqobatbardosh bozorlarda faoliyat yuritishning amaliy shartiga aylanib bormoqda. U mijozlar va hamkorlarning ishonchini oshirib, xalqaro bozorga chiqishni osonlashtiradi hamda sifat madaniyati va oziq-ovqat xavfsizligini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Sertifikatlar Navoiy shahridagi Air Products zavodida ishlab chiqarilayotgan CO₂ning xalqaro standartlarga muvofiqligi va oziq-ovqat sanoatining talabchan sohalarida qo‘llanilishi mumkinligini tasdiqlaydi. Bu mijozlar uchun mahsulot sifatiga qo‘shimcha ishonch, kompaniya uchun esa ichki va tashqi bozorlarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyati.

Air Products haqida

Air Products (NYSE: APD) - 80 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan, dunyo miqyosidagi yetakchi sanoat gazlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo‘lib, u yanada toza kelajak yaratish maqsadida energetika, ekologiya va rivojlanayotgan bozorlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Kompaniya neftni qayta ishlash, kimyo sanoati, metallurgiya, elektronika, qayta ishlash sanoati, tibbiyot va oziq-ovqat sanoati kabi o‘nlab sanoat tarmoqlaridagi mijozlarga asosiy sanoat gazlari, tegishli uskunalar va ularni qo‘llash bo‘yicha ekspert bilimlarini yetkazib beradi. Dunyoning eng yirik vodorod yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Air Products kompaniyasi, shuningdek, dunyodagi yirik toza vodorod ishlab chiqarish loyihalarini ishlab chiqmoqda, loyihalashtirmoqda, qurmoqda, egalik qilmoqda va boshqarmoqda. Uskunalar savdosi bilan shug‘ullanib, kompaniya butun dunyo bo‘ylab turbomashina, membrana tizimlari va kriogen konteynerlarni ham yetkazib beradi.

Air Products’ning 2024-yildagi moliyaviy  savdo hajmi taxminan 50 mamlakatdagi faoliyati tufayli $12,1 mlrdni, joriy bozor qiymati esa $65 mlrddan oshiqni tashkil qiladi. Turli sohalarda faoliyat yuritadigan 23 mingga yaqin ishtiyoqli, iste’dodli va fidoyi xodimlar Air Products’ning oliy niyati atrof-muhitga foyda keltiradigan, barqarorlikni oshiradigan va mijozlar, jamoalar va dunyo oldida turgan muammolarni hal qilish imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqadigan innovatsion yechimlarni yaratishdir.

Sayt: airproducts.uz
Instagram: @airproducts_central_asia
Telegram: t.me/airproductsuzb
LinkedIn: linkedin.com/air-products-central-europe-and-cis

Reklama huquqlari asosida.