Ikkinchi yildirki, Uzum mamlakatning asosiy texnologik tadbiri — O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek Uzbekistan’ni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 2025-yilda kompaniya tadbirning bosh homiysiga aylandi.
ICTWeek an’anaviy ravishda forumlar, sammitlar va asosiy tendensiyalar, innovatsiyalar hamda raqamli yechimlar namoyish etiladigan yirik mintaqaviy ICT Expo ko‘rgazmasini birlashtiradi.
“Uzum uchun bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga hissa qo‘shishdir. Bunday tadbirlar tajriba almashish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish va mamlakat kelajagi drayverlari bo‘ladigan yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun noyob imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston allaqachon jahon IT hamjamiyatining bir qismiga aylandi. Bu yil biz AI-xizmatlar va infratuzilmaning roli hamda rivojlanishini muhokama qilish maqsadida Microsoft’dan maxsus mehmon taklif qilganmiz”, — deydi Uzum kompaniyasining operatsion direktori va hammuassisi Roman Lavrentev.
Bu yil kompaniya ochilish marosimida va bir qator muhokamalarda ishtirok etadi. Uzum ICTWeek doirasida qo‘llab-quvvatlaydigan mavzular sun’iy intellektni keng miqyosda joriy etish uchun mahalliy infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiyotni jadallashtirishda kolokatsiya va raqamli ekotizimlarning roli, shuningdek, ta’limga investitsiyalar va raqamli soha uchun yosh kadrlarni tayyorlashni qamrab oladi.
Reklama huquqlari asosida.