Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilinmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari yoki direktorlari tomonidan belgilanadi. U esa bazaviy to‘lov-kontraktning 3 barobaridan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘zbekistondagi ayrim oliygohlar super kontrakt miqdorlarini ma’lum qilishni boshladi. Bunda super kontraktning minimal miqdorlari har bir OTMda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari kesimida farqlanadi.
Batafsil ma’lumotlarni quyida keltirilgan havolalar orqali bilib olish mumkin:
- Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
- Namangan davlat texnika universiteti;
- Andijon davlat universiteti;
- Namangan davlat pedagogika instituti;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Toshkent davlat yuridik universiteti;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- Andijon davlat texnika instituti;
- Termiz davlat universiteti;
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
- Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
- Urganch davlat universiteti;
- Buxoro davlat universiteti;
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;
- Qo‘qon davlat universiteti;
- Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
- Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
- Namangan davlat chet tillari instituti;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
- Milliy rassomlik va dizayn instituti;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;
Super kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bir yillik o‘qitish qiymatining 50%ini 31-oktabrga qadar (shu kuni ham) to‘lashlari mumkin.
2025/2026-o‘quv yili uchun tasdiqlangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Avvalroq ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirilgani haqida xabar berilgandi. 1-kurslar kontrakt miqdorining kamida 25%ini 30-oktabrgacha to‘lashi mumkin.