WhatsApp messenjeri xabarlarni tarjima qilish funksiyasini ishga tushirganini e’lon qildi.
Funksiya individual chatlar, guruhlar va kanal yangilanishlarida alohida xabarlarni tarjima qilish imkonini beradi.
Foydalnuvchi funksiyadan foydalanish uchun matnni bosib turish va tilni ko‘rsatib, “Tarjima” funksiyasini tanlash kerak.
Android foydalanuvchilari chatdagi barcha yozishmalarni tanlangan tilga avtomatik tarjima qilishning qo‘shimcha imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Android uchun boshlang‘ich bosqichda oltita til mavjud: ingliz, ispan, hind, portugal, rus va arab tillari. iPhone uchun ro‘yxat keng bo‘lib, 19 dan ortiq tillarni, jumladan Apple’ning o‘rnatilgan tarjimoni qo‘llab-quvvatlaydigan tillarni ham o‘z ichiga oladi.
Kelajakda til qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, messenjerdan dunyoning 180 mamlakatida 3 mlrd kishi foydalanmoqda.
Ta’kidlanishicha, tarjimalar qurilmaning o‘zida mahalliy tarzda amalga oshiriladi, bu esa maxfiylikni ta’minlaydi va WhatsApp xabarlar mazmuniga kira olmaydi.
Avvalroq Spot Telegram sun’iy intellektga asoslangan xabar tarjimasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, taqdim qilinishi kutilayotgan tarjimon funksiyasi GPT-4 modeli asosida ishlashi mumkin.